O‘zbekistonda 2019-yil 26-dekabr kuni halqasimon quyosh tutilishi yuz beradi. Ushbu astronomik hodisani respublikaning barcha hududlarida qisman quyosh tutilishi shaklida kuzatish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga tayanib, O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, quyosh tutilishi 26-dekabr kuni ertalab soat 8:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etadi. Soat 9:00 atrofida tutilish eng yuqori darajaga yetadi va unda quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘siladi.
Izoh (0)