Sudlarning fuqarolarimizni otangga bor, onangga bor qabilida ovora qilish holatlari yetarlicha topiladi. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi insonlar sarson bo‘lishining oldini olish va sud faoliyati sifatini oshirish maqsadida amaldagi “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunni takomillashtirishni maqsad qilgan.
Bu orqali turli yo‘nalishlarga bo‘lingan sudlarni umumlashtirish zarur. Ya’ni fuqarolik, jinoiy, ma’muriy, iqtisodiy ishlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) sudlarini birlashtirish orqali bitta ma’muriy hududda bitta sud idorasi tashkil etish darkor.
Natijada fuqarolik va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga da’vo ariza topshirish va ishlarni ko‘rish jarayonida fuqarolarni boshqa tumanlarga qatnab yoki toifa bo‘yicha sud idoralarini qidirib sarson bo‘lib yurishiga, yo‘l, mehmonxona kabi xarajatlar uchun moddiy zarar ko‘rishiga barham beriladi.
Ulug‘bek Rasulov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi Markaziy apparati tashkiliy-partiyaviy ishlar bo‘limi mudiri
Jazoni ijro etish muassasalarida adolat ta’minlanadi
Mamlakatimiz qonunchiligiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalari ichki ishlar organlari tizimidadir. Bu esa xalqaro huquqning jazo o‘tayotgan shaxslar ta’qib qiluvchi organlar qo‘lida bo‘lmasligi lozim degan normasiga ziddir. Shu munosabat bilan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi barcha ijro bilan bog‘liq vakolatlarni va jazoni ijro etish muassasalarini surishtiruv hamda tergov vakolatiga ega bo‘lmagan, xolis organ – adliya idoralari boshqaruviga berishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi. Shunda surishtiruv va tergovdan noroziliklar barham topadi, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning, qiynoq va tazyiqlarning oldi olinadi, ijro jarayonida inson huquqlari ta’minlanadi.
Alimbay Atabayev, Qoraqalpog‘iston musulmonlari idorasi huquqshunosi
Batafsil ma’lumotlarni saytimiz orqali olishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)