• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Majburiy obuna alomatlari: Buxoroda bog‘cha mudiralariga obuna bo‘yicha reja berilib, nechta obuna bo‘lishi belgilab qo‘yilgan

    Ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Telegram kanallarida Buxoro viloyatining Peshko‘ tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining shikoyati e’lon qilindi. Unda yozilishicha, bog‘cha mudiralarini obuna qilishga majburlash holati kuzatilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tabiiyki, ushbu xabarni nafaqat Peshko‘ tuman hokimligi, Buxoro viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi ham rad etgan. Ularning aytishicha, Peshko‘da majburiy obunadan jabr ko‘rgan mudiralar topilmagan.
    — To‘g‘ri, biz “Obuna-2020” kompaniyasi munosabati bilan jamiyat faoliyatiga daxldorligimizni anglagan holda ixtiyoriy ravishda hissa qo‘shishni istaganmiz, — deydi viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutaxassisi Dilovar Boltayeva. — Ammo hech kim obuna bo‘lishga majburlanmagan. Obunadan jabr ko‘rgan mudiralar yo‘q.
    Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yil 20-noyabr kuni viloyat hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. “Respublika, viloyat, shahar va tumanlarning davriy nashrlari uchun 2020-yilgi obunani tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoniga ko‘ra hokimlik tomonidan tavsiyaviy mazmundagi xat chiqarilib, obuna kampaniyasi boshlab yuborilgan.
    Viloyat hokimi tomonidan belgilab berilgan tavsiyaviy xatda nima deyilgani, qaysi nashrlar tavsiya qilingani bizga qorong‘i. Ammo bizni maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutasaddilari bog‘chalarga tavsiya qilayotgan nashrlarning maktabgacha ta’limga umuman aloqasi yo‘qligi taajjublantirdi.

    — Viloyat hokimligi tomonidan berilgan tavsiyaviy xarakterdagi xatga asosan joriy yil 26-noyabr kuni rasmiy xat chiqardik, — deydi viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mas’uli. — Unga ko‘ra respublika, viloyat, shahar va tumanlarning davriy nashrlari uchun 2020-yilgi obunani maktabgacha ta’lim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan belgilangan tartibda tashkil etish tavsiya etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Aniqlanishicha, boshqarma bog‘chalarga 17 nomdagi nashrni tavsiya qilgan.
    Ism-sharifining ochiqlanishini istamagan tumandagi maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan birining aytishicha, haqiqatan ham “Xalq so‘zi”, “Pravda vostoka”, “Narodnoye slovo”, “Buxoronoma” kabi gazetalarining obunasini tashkil etish bo‘yicha rasmiy xatlar yetkazilgan.
    — Biroq biz rasmiy xatda ko‘rsatilgan nashrlarga emas, balki bolalarbop nashrlarga obuna bo‘ldik. Rahbariyat tomonidan xatda ilova qilingan gazetalarga obuna bo‘lish shartdir. Ammo o‘zimiz uchun kerakli nashrlarga obuna bo‘ldik. Hech qanday e’tiroz bo‘lmadi, — dedi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Tumanimizda jami 40 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud. Hammasi ham har yili sohaga tegishli davriy nashrlarga obuna bo‘lishadi, — deydi Peshko‘ tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Muhabbat Abdullayeva. — Gazetani, kitobni sevishgani uchun ham obuna bo‘lishadi. Buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Birgina “Maktabgacha ta’lim metodikasi” jurnalini olaylik. Rasmiy xat u yoqda tursin, unga obuna bo‘lish uchun na tavsiya beramiz, na taklif. Bilimlarni oshirish uchun o‘zlari obuna bo‘lishadi.
    “Daryo” muxbirining aniqlik kiritishicha, Peshko‘ tumanidagi mavjud bog‘cha mudiralari viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i nomiga davriy nashrlarga ixtiyoriy ravishda obuna bo‘lishayotgani to‘g‘risida tushuntirish xati yozgan.
    Qiziq, boshqarma boshlig‘i ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga raddiya berib, obuna ixtiyoriy deyapti-yu ammo qaysi nashrga nechta obuna bo‘lish lozimligini belgilab beryapti. Qani bu yerda ixtiyoriylik. Reja belgilash, boz ustiga nechta obuna bo‘lishini ko‘rsatib qo‘yish — ixtiyoriylik belgisimi?
    Qolaversa, bog‘cha mudiralaridan obunani ixtiyoriy qilayotgani haqida tushuntirish xati olinishi judayam qiziq...

    10.12.2019, 13:56   Izoh (0)   18037
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Deputatlar yangi tahrirdagi soliq kodeksini qabul qildi

    10.12.2019, 13:41

    Andijonda portlagan 15 ta xonadonda ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda

    10.12.2019, 13:25

    Samarqandda aroqxo‘r erini o‘ldirgan 50 yoshli ayol 8 yilga qamaldi

    10.12.2019, 12:55

    Toshkent viloyatida bir kunda 100 mln so‘mlik pirotexnika vositalari ushlandi

    10.12.2019, 12:40

    Termizda 11-sinf o‘quvchisi mast holda 25 yoshli yigitni pichoqladi

    10.12.2019, 12:24

    Toshkentda metro qurilishi tufayli 19 ta avtobus o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi (xarita)

    10.12.2019, 12:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    “Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqdi” — manba

    Sport | 5 avgust, 23:05

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05

    Bo‘stonliqdagi tog‘ga yuk mashinasida chiqindi to‘kkan fuqarolar jazolandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:58

    Gulistondagi drama teatrida chiqqan yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:45

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Avazada Markaziy Osiyo va Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 22:31

    Eron MI6 ning maxfiy axborotidan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanmoqchi

    Dunyo | 5 avgust, 22:30

    Superliga. “OKMK” mehmonda “Paxtakor”dan ustun keldi

    Sport | 5 avgust, 22:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.