• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Elektr hisoblagichlarni qiyoslovdan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organni belgilash taklif etildi

    Energetika vazirligi “Tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash tartibi soddalashtiriladi va biznes muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qaror loyihaiga ko‘ra, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2020-yil 1-yanvardan boshlab iste’molchilarga o‘rnatilgan elektr hisoblagichlarni metrologiya xizmatlari qiyoslovidan o‘tkazish bo‘yicha yagona vakolatli organ etib belgilanadi va qiyoslov bo‘yicha barcha xarajatlarni elektr ta’minoti tashkilotlari o‘z mablag‘lari hisobiga qoplaydi.

    “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining filialiga aylantirish yo‘li bilan qayta tashkil etiladi.

    Energetika vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2020-yil 1-iyunga qadar elektr ta’minoti korxonalarida yangi billing tizimini hamda resurslarni boshqarish, ishlab chiqarish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi (YeRP)ni joriy etish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tanlovni yakunlab, pudratchi bilan shartnoma tuzilishini ta’minlaydi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ faoliyatini tashkil etish uchun ularning tarkibidagi tashkilotlar tomonidan ajratilayotgan ajratmalar Soliq kodeksiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

    Energetika vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulash bosqichlarini va qurilish muddatlarini kamida 15 kunga kamaytirish bo‘yicha yangi tartibni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

    Yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha nizomga ko‘ra, elektr energiyasini hisoblash uchun faqatgina O‘zbekiston Respublikasi O‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turlardagi hisobga olish asbobidan foydalanilishi shart.

    Davlat dasturlari asosida yangidan qurilayotgan uy-joylarda faqat elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi uchun tasdiqlangan texnik talablarga mos keladigan elektr hisoblagichlar o‘rnatilishi shart.

    Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi iste’molchilar tomonidan foydalanilayotgan hisobga olish asbobini quyidagi hollarda qiyoslovdan o‘tkazadi:

    • davriy qiyoslashdan – hisobga olish asbobini qiyoslashlararo interval muddati tugaganda;
    • navbatdan tashqari qiyoslashdan – hisobga olish asbobining qiyoslashdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi plombasi shikastlanganda yoki qayta sozlash ishlarini o‘tkazish zarurati vujudga kelganda;
    • ekspert qiyoslashdan – hisobga olish asbobining sozligi yoki uning qo‘llashga yaroqliligi, metrologik tavsiflari bo‘yicha munozarali savollar tug‘ilganda.
    Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati o‘n yilni tashkil qiladi.

    Elektr ta’minoti korxonasi o‘zining ma’lumotlar bazasi orqali har bir hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati o‘tishini kuzatib boradi va davriy qiyoslashdan o‘z vaqtida o‘tkazish uchun javobgar hisoblanadi.

    Iste’molchi o‘z hisoblash asbobini metrologiya xizmatlarida mustaqil qiyoslov o‘tkazish huquqiga ega. Bunda elektr ta’minoti korxonasi iste’molchining talabiga ko‘ra, elektr energiyasini hisobga olish asbobini bepul yechish, o‘rnatish, plombalash va ro‘yxatdan o‘tkazishga majbur.

    Hisobga olish uskunasi iste’molchining aybisiz vaqtinchalik buzilganda yoki qiyoslashdan o‘tkazish uchun yechib olinganda elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga hisobga olish asbobi vaqtincha o‘rnatiladi.

    Hisobga olish asbobi ekspert tekshiruvidan tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruv, tergov, prokuratura organlari yoxud sudning qaroriga (ajrimiga) asosan o‘tkazilishi mumkin.

    Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan kamida bir oy oldin elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga xabarnoma yozma yoki elektron (elektron pochta, messenjer, sms va boshqalar) ko‘rinishda taqdim etiladi.

    Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:

    • hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt;
    • hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr ta’minoti korxonasi xodimi boradigan kun;
    • xabarnoma yuborayotgan elektr ta’minoti korxonasining rekvizitlari;
    • boshqa zarur ma’lumotlar.
    Iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish, qiyoslashdan o‘tkazish, hisobga olish asbobini joyiga o‘rnatish elektr ta’minoti korxonasining xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

    “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan reja asosida hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr ta’minoti korxonasi tomonidan vakolatli xodim yuboriladi.

    Vakolatli xodim soat 8:00 dan 17:00 gacha iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish va o‘rnatish uchun kelish huquqiga ega. Bunda vakolatli xodim o‘z xizmat guvohnomasini iste’molchiga ko‘rsatishi lozim.

    Hisobga olish asbobini yechib olishda vakolatli xodim iste’molchi ishtirokida hisobga olish asbobi va o‘rnatilgan plombalarning butligini tekshirib, hisobga olish asbobi yechib olinganligi haqida uch nusxada dalolatnoma tuzadi. Bunda dalolatnomaning bir nusxasi iste’molchiga beriladi, ikkinchi nusxasi elektr ta’minoti korxonasida hamda uchinchi nusxasi metrologiya xizmati organiga taqdim etiladi.

    Dalolatnomaning barcha nusxalari vakolatli xodim va iste’molchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada hisobga olish asbobining turi, zavod raqami, ishlab chiqaruvchining tovar belgisi va uning yechib olingan vaqtdagi ko‘rsatkichlari hamda boshqa zarur ma’lumotlar qayd etiladi.

    Iste’molchi vakolatli xodim o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur sharoitlar yaratishi shart.

    Iste’molchining hisobga olish asbobi yechib olingandan so‘ng, uning o‘rniga elektr ta’minoti korxonasi tomonidan boshqa hisobga olish asbobi vaqtincha o‘rnatiladi.

    Hisobga olish asbobida ishlab chiqaruvchining tovar belgisi, hisobga olish asbobining turi va zavod raqami aniq bo‘lmasa yoki u shikastlangan holatda bo‘lsa, metrologiya xizmati organi uni qiyoslashdan o‘tkazish uchun qabul qilishni rad etishga haqli.

    Metrologiya xizmati organi tomonidan hisobga olish asbobi uch ish kuni ichida qiyoslashdan o‘tkaziladi.

    Hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqli deb topiladi va metrologiya xizmati tomonidan hisobga olish uskunasining qiyoslashdan o‘tkazilganligi haqida sertifikat rasmiylashtiriladi.

    Mavzuga doir:

    • Energetika vazirligi aholining yangi hisoblagichlar 2 baravar ko‘p tok “yeyayotgani” haqidagi e’tirozlariga izoh berdi
    • “Aqlli elektr hisoblagichlar” ko‘rsatkichlarni oshirib qayd etadimi? Energetika vazirligi javob berdi
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Energetika vazirligi avgust oyida “aqlli” hisoblagichlar bilan bog‘liq muammolar mutaxassislar tomonidan hal etilishini ma’lum qilgandi.

    09.12.2019, 08:29   Izoh (0)   13034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent IIBBda xizmat vazifasini bajarayotganida halok bo‘lgan harbiylar xotira yodgorligi ochildi (foto)

    08.12.2019, 18:52

    Urgutda 26 yoshli yigit o‘zaro janjal vaqtida 44 yoshli mahalladoshiga og‘ir jarohat yetkazdi

    08.12.2019, 18:10

    Toshkentda Marriott xalqaro tarmog‘ining birinchi Courtyard mehmonxonasi ochiladi

    08.12.2019, 17:55

    Mirzo Ulugbek Innovation Center IT Park‘ga qo‘shildi

    08.12.2019, 17:13

    “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi”ning vagon kuzatuvchisi tovlamachilik qilgan shaxsni ushlab berdi

    08.12.2019, 16:54

    Toshkentda YPX inspektori mast haydovchini ushlash uchun unga qarata o‘q uzishga majbur bo‘ldi (video)

    08.12.2019, 16:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55

    Buxoroda YPX xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:45

    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

    Reklama | 8 avgust, 19:30

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Dunyo | 8 avgust, 21:35

    Xorazmda avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in chiqdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 21:20

    Donald Tramp va Binyamin Netanyaxu G‘azodagi gumanitar vaziyat yuzasidan tortishib qolgan

    Dunyo | 8 avgust, 21:02

    AQSH sud tizimi ma’lumotlar bazasi xakerlar xujumiga uchradi

    Dunyo | 8 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.