7-dekabr kuni Minskda yuzlab odamlar shahar ko‘chalariga chiqib Rossiya hamda Belarusning birlashishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar bergan.
Minskdagi namoyishlar Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Sochida Rossiya federatsiyasi davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvi vaqtida boshlangan. Uchrashuvda Rossiya-Belarus integratsiyasi, jumladan yaqin vaqt ichida imzolanadigan “yo‘l xaritalari” muhokama qilingan.
https://www.facebook.com/belavus/videos/10219290058096088/
Minskdagi aksiya mudhish hodisalarsiz o‘tgan, fuqarolar 8-dekabrda mahalliy vaqt bilan 12:00 da yana maydonda to‘plangan.
Izoh (0)