Rossiya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni 2020-yilgi G‘alaba paradiga taklif qildi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Rossiyaning Anqaradagi elchixonasi vakillariga ko‘ra, Turkiya tomonidan hozircha bu taklifga rozilik berilmagan. Mamlakat prezidenti ma’muriyati ham Erdo‘g‘onning Moskvadagi yubiley tadbirlarida ishtirok etish rejasi borligini tasdiqlamadi.
Shu paytgacha Turkiyaning hech bir rahbari Qizil maydondagi paradda qatnashish uchun Moskvaga kelmagan. Mamlakat rasman ikkinchi jahon urushida ishtirok etmagan.
Ma’lumot uchun
Moskvadagi paradga MDH, Yevropadagi ko‘pchilik davlatlar yetakchilari, AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu taklif qilingan. 2020-yil 9-mayda Rossiyaga kelish istagini hozircha 17 davlat, jumladan, Hindiston, Fransiya, Serbiya, Chexiya, Kuba yetakchilari bildirdi.
Izoh (0)