Avstraliyaning biotexnologiyalarga ixtisoslashgan Imugen kompaniyasi (Аustralia biotech company Imugene) mutaxassislari saraton o‘simtalari hujayralarini o‘ldiruvchi sun’iy virus yaratdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.
Saraton shishlarini yo‘q qiluvchi virus CF33 nomini olgan. Yaqin vaqt ichida uni odamlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda.
Olimlar yangi virusning muvaffaqiyatiga ishonmoqda. Bunga laboratoriya tekshiruvlari imkon bermoqda. Tekshiruvlar davomida virus 60 turdagi saraton hujayralarini o‘ldirgan. Shuningdek, virus sichqonlarda ham ijobiy natija bergan va ularni saratonning turli xil ko‘rinishlaridan xalos qilgan.
Ma’lum qilinishicha CF33 ning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur zamonaviylashtirilgan virus har qanday saraton hujayrasini ichidan yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Izoh (0)