4-dekabr, chorshanba kuni soat 10:53 da Turkmanistondagi “Serdar” va O‘zbekistondagi “Qorako‘l” podstansiyalarini bog‘lovchi 500 kilovattli havo elektr uzatish tarmog‘ida favqulodda o‘chish holati sodir bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi xabar berdi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonga 1-dekabrdan “Turkmanenergo” elektr yetkazib beradi. Uzilishlar soni keskin kamayishi aytilmoqda
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari olib borgan ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, 5-dekabr, payshanba kuni soat 16:23 da “Qorako‘l” va “Serdar” podstansiyalarini bog‘lovchi L-512 havo tarmog‘i ishga tushirilgan va Turkmanistondan qabul qilinayotgan elektr energiya ta’minoti to‘liq tiklangan.
Izoh (0)