Andijonda advokat pora bilan qo‘lga olindi, deb yozadi “Xabar.uz”.
Qayd etilishicha, Andijon shahridagi LEX advokatlik firmasi advokati X.X. bir fuqarodan “sud bilan gaplashib, ishini hal qilish” uchun 10 ming AQSh dollari so‘raydi. Kelishilgan pulni ishxonasi biqinida olayotganida tegishli organ xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlangan.
Advokat shuncha pul evaziga fuqarolik ishini “hal qilmoqchi” bo‘lganmi yoki jinoyat ishinimi — hozircha aniq ma’lumot yo‘q, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)