“Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida televideniye, kino, san’at va madaniyat sohasi vakillari uchun “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallari tomonidan tashkil etilgan “Oltin kabutar—2019” taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad xabar bermoqda.
Xonanda Munisa Rizayeva 67 ta ovoz bilan “Oltin kabutar—2019” taqdimotida “Eng yaxshi estrada xonandasi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Xonanda Sardor Tairov Munisa Rizayevadan sakkizta kam ovoz to‘plagani uchun nominatsiyaning 2-o‘rniga loyiq ko‘rildi.
O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning kichik o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayev 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.
Izoh (0)