Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mamlakatimizda onalar va bolalarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, aholi reproduktiv salomatligini muhofazalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda tug‘ruqxonalardagi poraxo‘rlik, suyunchi berish kabi masalalar ham ko‘tarildi. Ushbu savolga sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev javob berdi.
“Suyunchini kim beradi? Suyunchini suyungan odam beradi. Ko‘zi yorigan ayolning eri, qaynotasi, qaynonasi beradi. Uni to‘xtatish bizning vazifamiz emas. U xalqning o‘zining qo‘lidagi narsa. Men buni bo‘lishi kerak deb aytayotganim yo‘q, mutlaqo”, — deydi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Abduhakim Hojiboyev.
Izoh (0)