• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Men gul eksporti bilan shug‘ullanuvchi kamtarin odamman”. Narkobaron Pablo Eskobarning hayot haqiqatlari

    Pablo Eskobar – kolumbiyalik siyosatchi va narkobaron. U 1949-yil 1-dekabrda tug‘ilgan. 1993-yilning 2-dekabrida, 44 yoshga to‘lganidan bir kun o‘tib Kolumbiyaning Medelyin shahrida politsiya snayperi tomonidan otib o‘ldirilgan.

    Bu odam 80–90-yillarda narkotik savdosi orqali aql bovar qilmas boylik orttirgan va hatto dunyoning eng boy odamlari safiga kiritilgan. Xususan, 1989-yilda Forbes jurnali Eskobarning boyligi 3 milliard dollardan ortiq ekanini yozgan edi.

    Mashhur Esquire jurnali Eskobarning hayot qoidalari haqida intervyu qilgan. Quyida ushbu maqolani keltiramiz.

    Pablo Eskobar.

    Pablo Eskobar.
    Foto: Wikipedia

    Doim aytib kelganman: boyligim hech qanaqasiga narkotik bilan bog‘liq emas. Men gul eksporti bilan shug‘ullanuvchi kamtarin odamman.

    Nimanidir bilgan odam doim jim yuradi.

    Bilaman, yashash tarzim ko‘pchilikka vahimali ko‘rinadi; lekin shuncha pul bilan yana nima qilishim kerak?

    Buqalarni yaxshi ko‘raman, lekin avtomobillar menga undan ham ko‘proq yoqadi. Oilamda tezlikni yaxshi ko‘rishadi. Masalan, akam velosipedlarni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun men unga Manisalesdagi manavi velosiped zavodini sovg‘a qildim (izoh – Bicicletas Ositto zavodi).

    Bu hayotda hamma narsani almashtirishim mumkin; lekin xotinim va bolalarimga hech qachon xiyonat qilmayman.

    Har bir odam kim uchundir muqaddas.

    Meni terrorchi hisoblashsa-da, har doim mas’uliyatli shaxs bo‘lganman. Shunga qaramay, men odam oilasi va mulki uchun kurashishi kerak deb hisoblayman. Buning uchun qurol kerak bo‘lsa ham. Nima, kimdir sha’nim va qadr-qimmatimga tajovuz qilsa-yu, pastkash tuban mahluq singari indamay turaverishim kerakmi?

    Ba’zan shu portlatish va talon-tarojlarim bilan oshirib yuborayotgandek bo‘laman.

    Kimningdir shu kuni ajali yetgan bo‘lsa, u albatta shu kuni o‘ladi.

    Xatolarning hammasini ham kechiraverish kerak emas.

    Qirol doimo bitta bo‘ladi.

    Kambag‘allar uchun nimalar qilganimni negadir hamma esdan chiqarib qo‘yadi. Esingizda bo‘lsa, meni bir paytlar mahalliy Robin Gud ham deyishgan. Bu bilan faxrlanaman. Hatto bechora hukumat odamlari bir bo‘lib oddiy xalq manfaati uchun amalga oshirgan ishlardan ko‘ra ko‘proq amaliy ish qilganimni inkor qila olishmaydi.

    Amerika qamoqxonasida o‘lganimdan ko‘ra Kolumbiya tuprog‘ida chirib ketishni afzal ko‘raman.

    Amerika bir million maxsus agent tomonidan boshqariladigan ikki yuz million tentak mamlakatidir.

    Barcha imperiyalar qon va olov ustiga barpo qilingan.

    Hokimiyat shaxsiy muammolari bor odamning qo‘lida qolishidan ham xatarliroq narsa yo‘q.

    Dunyoda hamma narsaning narxi mavjud. Eng muhimi – narxni to‘g‘ri aniqlashni bilish kerak.

    Matematikani juda yaxshi bilaman. Shunga qaramay, mening olamimda o‘ndan to‘qqizni ayirish mumkin emas.

    Pul hech qachon halol bo‘lmaydi.

    Shuncha boylik va mansabni kalamushdek yashash uchun ishlab topganim yo‘q-ku axir!

    Yildan yilga kelajakka umidim so‘nib boryapti.

    Muttasil yashirinib yurish va kurashishdan o‘lgudek charchadim.

    Hech kimga ishonma, ayniqsa o‘zingga!

    Berilgan va’dadan ko‘ra muqaddas narsa yo‘q, unga xiyonatdan ko‘ra pastkashroq narsa yo‘q.

    Dushmanlardan o‘ch olishning eng yaxshi yo‘li – ularni sezmaslik.

    Hech kim hech qachon meni topa olmaydi. Men shu chakalakzordan turib ham hammani o‘ldirishim mumkin. Shu sababli ular umid qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa mag‘lubiyatdir.

    O‘limdan qochib qutulib bo‘lmaydi. Lekin u bilan do‘st tutinish mumkin.

    O‘lib bo‘lgan odam hech narsadan qo‘rqmay qo‘yadi.

    Aynan qaysi o‘qdan o‘lishingni bilmaysan. Axir o‘qda ismlarni yozib qo‘ymaydi-ku!

    Yozishni unchalik ham yoqtirmayman. Manavi ahmoq yozuv mashinkasidan ham charchadim. U meni jinni qiladi. Endi oilamga qo‘ng‘iroq qilishim kerak – ular hozirgina Germaniyadan qaytdi. Shuning uchun sizlarga xayr va o‘zingizni asrang deb qolaman.

    Nimani istagan bo‘lsam, hammasi Kolumbiyani yanada yaxshiroq qilish uchun edi.

    Jannat bor ekan, men u yerga tushishga umid qilishim mumkin.

    01.12.2019, 13:54   Izoh (0)   66292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikistonda maktab o‘quvchilari sovuqda amaldorlar oldiga yupqa ko‘ylakda chiqishga majburlandi (foto)

    01.12.2019, 12:15

    Kurdlar Suriyaning hududiy yaxlitligi tarafdori ekanligini bildirdi

    01.12.2019, 11:56

    Qirg‘iziston deputati: “Mamlakat Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilgach, barcha frontlarda yutqazdi”

    01.12.2019, 11:35

    Times: Jonson Trampning Britaniyaga tashrifi chog‘ida u bilan iloji boricha kamroq muloqot qiladi

    01.12.2019, 10:55

    Iroq bosh vaziri iste’fo so‘radi

    01.12.2019, 09:54

    Iroq shimolidagi portlashda qurbon bo‘lganlar soni 16 nafarga yetdi

    01.12.2019, 08:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.