• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropaga nima kerak: Germaniya iqtisodiyotimi, Fransiya armiyasimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Mesxeti turklar vataniga qayta oladimi?

    Mesxeti turklar Iosif Stalin buyrug‘iga binoan Gruziyaning Mesxetiya viloyatidan Sovet Ittifoqining turli burchaklariga quvg‘in qilingan. Ularga natsizm bilan hamkorlik degan ayblov qo‘yilgan. Turkiyaning Anadolu axborot agentligi mesxeti turklar quvg‘inining 75 yilligi munosabati bilan fojia tarixiga nazar tashladi.

    1944-yilning 14-noyabr sanasida Iosif Stalin buyrug‘iga binoan Gruziyaning Turkiya bilan chegaradosh viloyati Mesxetiyada yashayotgan mesxeti turklar ommaviy ravishda poyezd vagonlariga o‘tkizilib, surgunga yuborildi. 75 yil avvalgi fojiali taqdir bugun ham mesxeti turklar qalbida iztirob va alam tuyg‘ularini qalqitadi.

    Mesxeti turklarning surgun qilinishi.

    Mesxeti turklarning surgun qilinishi.
    Foto: Wikipedia

    Mesxetiya Gruziya va Turkiya chegarasidagi viloyat bo‘lib, 1828–1829-yilgi rus-turk urushi natijasida Rossiya imperiyasi qo‘l ostiga o‘tgan. Birinchi jahon urushi tugagach, hudud SSSR tarkibiga qo‘shib olingan Gruziyaning bir bo‘lagi sifatida sho‘ro hokimiyati qo‘l ostiga o‘tgan. Bu davr mesxeti turklar va boshqa musulmon xalqlar boshiga ko‘plab fojialar keltirdi.

    Sho‘ro hukumati rahbari Qizil armiya tarkibida natsizmga qarshi kurashgan mesxeti turklar ko‘rsatgan jasoratga qaramasdan ularni Markaziy Osiyoning turli hududlariga quvg‘in qilish borasida ko‘rsatma berdi. Natijada 86 ming mesxeti ona vatanidan surgun qilindi.

    Mavzuga doir:

    Josuslikda ayblangan xalq. 14-noyabr – mesxeti turklar deportatsiya qilingan kun

    Surgun jarayonida ochlik, kasallik tufayli 17 mingga yaqin turk halok bo‘ldi, tirik qolganlar esa Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘istonda o‘z holiga tashlab qo‘yildi.

    Sovet rahbariyati mesxeti turklarni yoshi, jinsiga qaramay mehnat lagerlarida ishlashga majbur qildi. Ularga mehnat joyini ruxsatsiz tashlab ketish, shaharga ko‘chib o‘tish taqiqlandi.

    Tartibni buzgan mesxeti turklarni sovuq Sibir ob-havosini totib ko‘rishdek surgun kutib turar edi.

    Stalinning maqsadi nima edi?

    Ikkinchi jahon urushi davomida barcha jang qilishga qodir mesxeti turklar Qizil armiya safida natsizmga qarshi yelkama-yelka turib jang qilgan bo‘lsa-da, Stalin ma’muriyati bu xalq vakillarini natsizmga xayrixohlik qilganlikda aybladi. SSSR parchalanganidan so‘ng mesxeti turklar borasida haqiqiy tafsilotlar oydinlashdi. Hujjatlarga ko‘ra, qrim tatarlar va mesxeti turklar deportatsiyasi avvalo Qora dengiz bo‘yi hududini turkiy millatlardan tozalash maqsadida amalga oshirilgan.

    Vataniga qaytishga umid qilayotgan mesxeti turklar

    Bugungi kunda Mesxetiya viloyatida 20 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning kam qismigina mesxeti turklardir.

    Mesxeti turklarning aksariyati hamon quvg‘in qilingan yoki keyinchalik ko‘chib borib qolgan mintaqalarda istiqomat qilib kelmoqda.

    Xalqaro tashkilotlar ma’lumotiga ko‘ra, 600 mingga yaqin mesxeti turklar vatanidan olisda yashaydi. Aksar mesxeti turklar hozir Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina va AQShda makon topgan.

    Sovet Ittifoqi qulashi ortidan ularni vataniga qaytarish kun tartibiga chiqqan bo‘lsa-da, bu muammoni oxirigacha hal etish imkoni bo‘lmadi. 2007-yilda Gruziya hukumati ularni vataniga qaytarish borasida hukumat qarori qabul qilgan bo‘lsa-da, hozirga qadar aniq qadam tashlamay kelmoqda.

    Yevropa Ittifoqi: Fransiya – Germaniya munosabatlariga nazar

    Mudofaa masalasida Yevropa Ittifoqining yangi konsepsiyasini ilgari surayotgan Fransiya yetakchisi Makron, rasmiy Berlin nazarida, Germaniyaning iqtisodiy yetakchiligini Fransiyaning tashqi siyosat va xavfsizlik borasidagi yetakchiligi bilan almashtirmoqchi. Ammo Berlinda strategik nuqtai nazardan fikrlovchilar topilmayapti, deb yozadi AQShning The Politico nashri.

    Foto: Google Photos

    Fransuz va nemis ziddiyati vaqtinchalik bo‘lmay, surunkali jihat kasb etgan. Bu ziddiyatning asosiy sababini tushunish mushkul emas: Emmanuel Makron va Angela Merkel hamda ular rahbarlik qilayotgan hukumatlarning taqdiri turlichadir. Berlin ojiz, Parij esa qudratli.  Bu Yevropa Ittifoqiga qanday ta’sir qiladi, hozircha noaniq bo‘lsa-da, dastlabki belgilar o‘zini namoyon qila boshlagan.

    Makron hokimiyat tepasiga kelgan ilk kunlarda sobiq prezident Fransua Ollandning xatolarini tuzatishga harakat qildi. Germaniyadan yordam so‘rashdan avval Makron yevrohududdagi iqtisodiy tebranishlar natijasida yuzaga kelgan budjet masalalarini tartibga keltirish va islohotlarni amalga oshirishda dastlabki qadamlarni qo‘ydi.

    Makron fransuz mehnat qonunchiligini isloh qilib, soddalashtirdi, ishsizlik bo‘yicha beriladigan nafaqalar miqdorini kamaytirdi, ishga qabul qilish va ishdan bo‘shashning byurokratik tartibiga barham berdi.

    Fransiya boshlagan ishlarga qo‘shilish o‘rniga nemis hukumati yevrozonada yuzaki siyosat bilan cheklandi. Fransiya tarafi uchun bu saboq beiz ketmadi. Germaniya hukumatidagilar esa qanday xatoga yo‘l qo‘yganini anglab yetganda kech bo‘lgan edi.

    Berlinlik siyosatdonlar bugun Parijni Germaniyasiz Yevropa Ittifoqidagi islohotlarni amalga oshirishga qaror qilganlikda ayblamoqda. Ularning nazarida Fransuz hukumati Yevroittifoqning AQSh bilan savdo aloqalarini boshlashga veto qo‘ygani, Albaniya va Shimoliy Makedoniyani Yevroittifoqqa qabul qilish borasidagi qarorni ma’qullamagani Makron qanday qarorga kelganining yaqqol misolidir.

    Makron nazarida bugun Yevropa Ittifoqi erkin bozorlar, Yevropa qit’asida va keyin butun dunyoda umumiy maqsadlarga intiluvchi kollektiv siyosat va strategik o‘yinchi bo‘lish siyosatidan voz kechishi kerak. Buning uchun esa Yevropa Ittifoqi mudofaa siyosatining to‘g‘ri tamoyillarini ishlab chiqish kerak bo‘ladi.

    Aynan shu masala Fransiya va Germaniya munosabatlari orasidan qora mushuk o‘tishiga sabab bo‘lmoqda. Avvalo, Germaniya siyosatchilari strategik o‘ylashdan yiroq qolmoqda. Ikkinchidan, Germaniya hukumati tashqi ishlar vazirligi va bundestagda o‘tirib olgan amaldorlar dunyoqarashi va fikri Parijdagi kasbdoshlarinikidan farq qilmoqda.

    Bu esa, Berlin nazarida, rasmiy Germaniyaning iqtisodiy jabhada ustunligini Fransiyaning tashqi siyosat va xavfsizlik borasidagi ustunligi bilan almashtirish fikrini urchitmoqda va nemis siyosatdonlari noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Germaniya nazarida, bu Yevropa Ittifoqi qudrati va faoliyatining markazi Germaniya iqtisodiyoti emas, Fransiya qurolli kuchlari deyish bilan barobar.

    Yaqin yillarda Fransiya va Germaniya munosabatlarining ilishiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Yevropani isloh qilishga qaratilgan ikki yillik “Yevropa kelajagi konferensiyasi” bu ikki davlatni birlashtirmay, ikki davlat o‘rtasidagi keskin qarama-qarshilik mavjudligini ko‘rsatib qo‘yadi. Nima bo‘lganda ham, Yevropa Ittifoqi siyosatida Makron g‘alabaga erishdi va rasmiy Bryusseldagi portfellarga fikrdoshlari kelishiga ko‘mak berdi. Yevropa Kengashining yangi saylangan prezidenti Ursula fon der Lyayyen esa Yelisey saroyida qanot yozgan geosiyosiy masalalarga ko‘proq e’tibor berishini alohida qayd etdi.

    Makron Fransiya prezidenti ekan, Germaniya siyosiy ikkilanishlar tufayli oqsoqlanaveradi. Hozir ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyatlar strukturaviy xususiyat kasb etmayotgan bo‘lsa-da, kelajakda bu Ittifoq uchun muhim qarorlarni qabul qilishda jiddiy to‘siqqa aylanib qolishi mumkin.

    Xitoyga amerikacha tarsaki

    27-noyabr sanasida AQSh prezidenti Gonkongdagi norozilik namoyishi tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlovchi ikkita qonunni tasdiqladi. Bu savdo urushiga chek qo‘yishi mumkin bo‘lgan kelishuv imzolanishi kutilayotgan bir paytda sodir bo‘ldi, deb yozadi The Washington Post nashri. Tramp qonunni imzolashi bilan Xitoyga amerikacha tarsaki ham tushirdi.

    Qonunga Donald Tramp Kongressdagi ikki partiya vakillari bosimi ostida imzo qo‘ydi. Qonun esa inson huquqlari buzilishiga daxldor bo‘lgan xitoylik va gonkonglik hukumat vakillariga nisbatan sanksiyalar joriy etishni nazarda tutadi va rasmiy Vashington Gonkongga AQSh davlat departamenti bergan alohida savdo maqomini qayta ko‘rib chiqishiga olib keladi.

    Foto: Google Photos

    Prezident Tramp qonunga Si Szinpin, Xitoy va Gonkong xalqiga hurmati yuzasidan imzo qo‘yganini bayon qildi. Hujjat Xitoy va Gonkong rahbarlariga vaziyatni yumshatishda yordam berishini ta’kidladi.

    Xitoy tomoni qonun qabul qilinishiga qarshilik ko‘rsatayotganiga qaramay, AQSh Kongressidagi ko‘pchilik uni ma’qullamoqda.

    Qonunga imzo chekishi bilan Tramp partiyasidagi norozilik va ixtiloflarga barham berdi va siyosiy noqulaylikni yuzaga keltirgan vaziyatga chek qo‘ydi.

    Tramp AQSh hukumati Gonkongdagi norozilik namoyishchilarini qay darajada himoya qila olishi borasida aniq fikr aytmagan bo‘lsa-da, respublikachi kongressmenlar hozircha ahdida qat’iy turibdi. Ustiga ustak, AQSh hukumati Xitoy bilan savdo urushi borasidagi kelishuvlar ustida ishlamoqda.

    Respublikachi senator Ben Sas qonun imzolanishi ortidan shunday dedi:

    “Bilasizmi, janob Si, amerikaliklar tiranlardan nafratlanadi va Gonkong bilan birdamdir. Namoyishchilar Gonkong ko‘chalariga chiqib, ozodlik uchun kurashar ekan, amerikaliklar ular tarafida bo‘ladi”.

    Xitoy tashqi ishlar vazirligi esa AQSh noto‘g‘ri qadam tashlar ekan, Pekin ham bunga qarshi chora ko‘rishi bilan tahdid qildi. Shuningdek, Xitoy AQShni Gonkong ko‘chalarida qonun buzgan, shahar infratuzilmasiga zarar keltirgan, begunoh insonlar hayotiga zomin bo‘lgan, qonun ustivorligiga daxl qilgan va tartibsizlik keltirib chiqargan namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

    Tashqi ishlar vazirligi AQShning mamlakatdagi elchisi Terri Branstedni qabuliga chaqirib, Vashington Xitoy ichki ishlariga aralashish siyosatini zudlik bilan tox‘tatishi shartligini ta’kidladi.

    Hujjatlarning qabul qilinishi AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo bitimlari imzolanishini noma’lum muddatga ortga surgan ko‘rinadi.

    Eronning neft borasidagi yangi siyosiy dasturi qanday bo‘ladi?

    Eron hukumati keyingi yildan boshlab neft sohasidan keladigan daromadni mamlakat rivojlanishiga sarflab, mamlakat budjetini neftga qaramlikdan xalos qilmoqchi, deb yozadi AQShda chiqadigan The Al Monitor nashri.

    2020-yil mart oyida boshlanadigan yangi moliyaviy yilda Eron hukumati mamlakat budjetining neftga qaramligiga barham bermoqchi. Hukumat bu boradagi qadamlarni 16-noyabr sanasida benzinga subsidiyalarni qisqartirishdan boshladi. Mazkur chora AQSh Eron iqtisodiyotiga bosim o‘tkazishining oldini olish maqsadida hukumat tarafidan budjetga tushayotgan bosimni yengillatish va shu tariqa kam ta’minlangan eronliklarga ko‘proq moliyaviy yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.

    Foto: Google Photos

    Ammo Eronda yaqinda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari bu siyosat amalga oshishi oson emasligini ko‘rsatdi.

    Oxirgi ellik yil mobaynida neft daromadi Eron hukumatining budjet daromadi va xarajati o‘zagini tashkil qilib keldi. Raqamlar bilan ifodalaganda, neft daromadi Eron hukumatining 1971–2018-yillar oralig‘idagi budjetining 46 foizini qopladi. AQSh iqtisodiy jazo choralari natijasida neft savdosi kuniga 2,5 million barreldan 500–600 ming barrelga tushib ketdi.

    Eron rejalashtirish va budjet tashkiloti islohot doirasida mamlakat iqtisodiyotini neft olib keladigan daromadga qaramligidan qutqarishda zaxiralarni boshqarishi va xarajatlarni samarali tashkil etishi dasturning asosiy omilidir.

    Eron rejalashtirish va budjet tashkiloti rahbari Bagir Nobaxt o‘z chiqishida yangi soliq qonunchiligini joriy etish, yashirin energetik subsidiya va qo‘shimcha davlat aktivlari savdosi tizimini isloh qilish Eron hukumatiga moliyaviy resurslarni ko‘paytirish imkonini beradi, deb ma’lumot berdi.

    Eron qonunchiligi korporasiyalar, mustaqil buyurtmachilar va jismoniy shaxslar soliqlarini turlicha nazorat qiladi. Bu ayrim holatlarda soliq yig‘imlari natijalarini xulosalashda shaffof bo‘lmagan hisobotlarga olib keladi va asosiy soliq yuki bevosita davlat nazoratida bo‘lgan tashkilotlar xodimlariga to‘g‘ri keladi. Natijada oyiga 270 dollar maosh oladigan davlat xizmatchisi oyiga 27 dollar soliq to‘laydi. Boylar orasida soliq to‘lashdan bosh tortish holatlari ko‘p kuzatiladi, oltin va temir savdosi bilan shug‘ullanuvchilar, vrachlar, yuristlar ham davlat xizmatchilari bilan bir xil miqdorda soliq to‘laydi. Bu esa Eron iqtisodiyoti uchun yiliga 5,3 milliard dollar yo‘qotish demakdir.

    Tahlilchilar nazarida, mamlakat iqtisodiyoti turg‘unlikni boshidan kechirayotgan bir vaziyatda biznesdagi soliqlar stavkasini oshirish o‘rniga ularni pasaytirish maqsadga muvofiq. Eron iqtisodiyoti yaqin yillar ichida turg‘unlikdan chiqib keta olmaydi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyoti bu yil 9,5 foizga qisqaradi, YaIM keyingi yil ham o‘zgarishsiz qoladi.

    Shunday ekan, ayni paytda eng to‘g‘ri qadam energiya tashuvchilari narxini isloh qilishdir. Biroq hozir energiya tashuvchi manbalarga davlat subsidiyalarini qisman yoki butunlay bekor qilish oqibatida iqtisodiy va ijtimoiy muammolar yanada chuqurlashib ketishi ehtimoli mavjud.

    Shuningdek, soliq imtiyozlarini bekor qilish, soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish va kapital o‘sishini soliqqa tortish choralari davlat g‘aznasini to‘ldirishning yangi samarali vositasi sifatida ishlashi ham shubha ostida. Yil oxirida bo‘lib o‘tadigan parlamenti saylovi hisobga olinsa, soliq borasida yangi qonunchilikni yaratish imkoniyati mavjud emas.

    Xususiylashtirish, davlat tashkilotlari budjetini qisqartirish, asosiy mahsulotlarga davlat subsidiyalarini bekor qilish va mehnat mahsuldorligini oshirish budjet daromadini o‘stiruvchi asosiy choralar bo‘lib, qolgan choralar muammolarni ortga surishdan boshqa narsa emas.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    30.11.2019, 10:11   Izoh (0)   48342
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Malida 13 nafar fransuz askarining o‘limi bo‘yicha mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi

    30.11.2019, 09:04

    Albaniyadagi zilzilada bosh vazirning kelini ham halok bo‘lgani ma’lum qilindi

    30.11.2019, 08:14

    Erdo‘g‘on NATO haqida gapirgan Makronga shifokorga uchrashni tavsiya qildi

    30.11.2019, 06:37

    Yaponiya sobiq bosh vaziri Yasuxiro Nakasone 101 yoshida vafot etdi

    30.11.2019, 04:35

    London metrosi dunyoning havosi eng iflos yerosti transport yo‘li deb topildi

    30.11.2019, 00:48

    London markazida noma’lum erkak piyodalarga pichoq bilan hujum qildi

    29.11.2019, 23:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.