Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Boliviya TIV rahbari Karen Longarik mamlakatning Isroil bilan diplomatik munosabatlarni qayta tiklashga qaror qilganini bildirdi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Boliviya tashqi ishlar vaziri Karen Longarik

Boliviya tashqi ishlar vaziri Karen Longarik
Foto: Haaretz

Ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro munosabatlar sobiq prezident Evo Moralesning qarori bilan 2009-yilda G‘azo Sektoridagi maxsus operatsiya tufayli bekor qilingandi.

Longarikning so‘zlariga ko‘ra, Boliviya hukumati diplomatik aloqalarni Isroil suverenitetiga hurmat va ushbu mamlakat bilan iliq munosabatlar sabab qayta tiklagan. Shuningdek, La-Pas mustahkamlangan ikki davlat munosabatlari Boliviyaning turistik biznesiga foyda keltirishiga umid qilmoqda.

Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ham ushbu qarorni iliq qarshiladi. U vazirlikning Braziliya vositachiligida Boliviya bilan munosabatlarni tiklash bo‘yicha harakatlarni allaqachon boshlab yuborganini eslatdi.

“Isroilga dushman ko‘zi bilan qaragan prezident Moralesning iste’fosi va uning o‘rnini do‘stona nigohga ega yangi administratsiya egallagani ushbu aloqalarning tiklanishida muhim rol o‘ynadi”, — deydi Kats.

Evo Morales va Boliviyaning boshqa yuqori lavozimdagi rahbariyati 19 kun davom etgan siyosiy noroziliklardan keyin iste’foga chiqqan. Mamlakatda Senat spikerining ikkinchi o‘rinbosari Janin Anyes prezident vazifasini bajarishga kirishib, yangi hukumatni shakllantirgan.

Morales Boliviyani 2006-yildan buyon boshqarib kelayotgandi. U 2010-yilda Falastinni 1967-yildagi chegaralanishdan keyin mustaqil davlat sifatida tan olgan. 2019-yilda Braziliya va Argentina ham shunday qaror qabul qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi
Dunyo
“Bu sharmandalik” — Andrey Zvyagintsev Rossiya kinematograflar uyushmasini tark etdi