Boliviya prezidenti Evo Morales iste’fosi haqida e’lon qildi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Men hamkasblarim tahdid, ta’qib va hujumlarga duch kelmasligi uchun iste’foga chiqaman”, — dedi Morales Chimore shahridagi matbuot anjumanida chiqishi chog‘ida.
Morales Boliviya qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Uilyams Kaliman uni vakolatlarini zimmasidan soqit qilishga chaqirganidan so‘ng mamlakat poytaxti La-Pasni tark etdi.