Albaniyada kuzatilgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafar edi, biroq tabiiy ofat tufayli xarobalar ostidan yana o‘n nafar fuqaroning jasadi topildi va qurbonlar soni 40 nafarga yetdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bergan.
Olti nafar odamning jasadi Tuman shahrida yakuniga yetgan qidiruvlarda, yana uch nafari zilzila qurbonlarining murdalarini qidirish ishlari davom etayotgan Durres port-shahri hududidan topilgan.
650 nafardan ortiq fuqaro turli tan jarohatlari olgan. 2100 nafar aholi vakili uysiz qolib, palatkalarda hayot kechirmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)