Apple bosh dizayneri Joni Ayv endi korporatsiyada boshqa ishlamaydi. Ayvning lavozimdan ketganligi haqida The Verge xabar bergan. Sobiq bosh dizayner haqidagi ma’lumotlar Apple saytidagi rahbariyat bo‘limidan ham olib tashlangan.
Ayvning Apple’ni tark etayotgani joriy yilning iyun oyida ma’lum bo‘lgan, biroq uning iste’fosi qachon ro‘y berishi e’lon qilinmagandi.
Joni Ayv Apple’da 1992-yildan buyon ishlab kelayotgandi. iPod, iPhone va Macbook qurilmalarining ko‘plab dizaynlari uning rahbarligi ostida ishlab chiqilgan.
Ayv endi asosiy mijozi Apple korporatsiyasi bo‘lgan o‘z shaxsiy dizaynerlik kompaniyasini boshqaradi.
Izoh (0)