Xitoy yangi qit’alararo parvozni amalga oshira oluvchi DF-41 (Dunfen-41) og‘ir ballistik raketasining navbatdagi sinovlarini o‘tkazdi. Bu haqda The Washington Times xabar bergan.
Rasman e’lon qilinmagan start 22-noyabrda o‘tkazilgan va 2018-yil may oyidan beri test qilinmagan DF-41’ning tanaffusdan keyingi birinchi sinovi, deya nashrga ma’lumot bergan Pentagonning ismini oshkor etmagan vakili.
Amerika razvedkasi raketaning 1-oktabrda Pekindagi paradda namoyish etilganidan keyin yana takomillashtirilganligini qayd etgan. Xitoydagi tantanali tadbirda DF-41’ning jami 16 ta mobil komplekslari ommaga namoyish qilingandi.
DF-41 raketasi 12 ta yadro qurolli zaryadini 9500 milya (taxminan 15 ming kilometr) masofaga yetkaza oladi. Qurol AQSh hududiga 30 daqiqada yetib kelishi mumkin.
Mavzuga doir:
Izoh (0)