Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 13-turi doirasida 23-noyabr, shanba kuni Mauritsio Sarri boshqaruvidagi Turinning “Yuventus” klubi safarda “Atalanta”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 56-daqiqasida mezbon jamoa himoyachisi Robin Gosens hisobni ochgan bo‘lsa, 74 hamda 82-daqiqalarda “keksa sinyora” hujumchisi Gonsalo Iguain ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi va dublga erishdi (2:1). 90-daqiqada esa argentinalik Paulo Dibala ham o‘z nomiga bitta golni rasmiylashtirib qo‘ydi (3:1).
Shu tariqa “Yuventus” Krishtianu Ronaldu maydonga tushmagan o‘yinda “Atalanta” ustidan irodali g‘alaba erishdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Turin klubi ochkolari sonini 35 taga yetkazib oldi. “Atalanta” esa 22 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
13-tur bahsi
23-noyabr, shanba
“Atalanta”—“Yuventus” 1:3
Gollar: 1:0 — 56 Gosens, 1:1 — 74 Iguain, 1:2 — 82 Iguain, 1:3 — 90 Dibala“Atalanta”: Gollini, Xatebur, Toloi, Gimshiti, Gosens (Kastan, 71), Gomes, Pashalich, Froyler (Traore, 85), de Ron, Palomino, Barrou (Muriel, 57)
“Yuventus”: Shchensni, Bonuchchi, de Ligt, De Shilyo, Pyanich, Kuadrado, Bentankur (Duglas Kosta, 58), Xedira (Jan, 70), Bernardeski (Remzi, 26), Dibala, Iguain
Ogohlantirishlar: Iguain (7), Palomino (10), Dibala (27), Froyler (41), Gosens (45), Kuadrado (45), Toloi (61), Gollini (82)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)