• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 3 darajali pensiya tizimi joriy qilinadi

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr, payshanba kuni aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    So‘nggi ikki yilda ijtimoiy nafaqa oladiganlar soni 1,3 baravarga, nafaqa miqdori 2 baravarga oshirilgani, ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy qilingani qayd etildi.

    Ta’kidlanishicha. tizim bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolmoqda. Joriy yilning to‘qqiz oyida Xalq qabulxonalariga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bilan bog‘liq 36 mingta shikoyat bo‘lgan.

    Ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamini aniqlash, hisobga olishning yagona mezoni yo‘q. Pensiya va nafaqalar miqdorini belgilashda muhim omil bo‘lgan iste’mol savati va yashash minimumi joriy qilinmagan. Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklar bo‘yicha bepul davolanish uchun beriladigan orderlar har doim ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib bormayapti.

    Bunday holatlar aholining yordamga muhtoj qismiga uy-joy ajratish, maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar badalidan ozod qilish kabi masalalarda ham uchraydi. Mehribonlik uyida tarbiyalangan yoshlarni uy va ish bilan ta’minlash, yolg‘iz keksalarni parvarishlash, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish borasida ham kamchiliklar bor.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ishlarni koordinatsiya qiladigan yaxlit tizim yo‘q, bu masalalar bilan o‘ttizga yaqin davlat idoralari, tashkilotlar va komissiyalar shug‘ullanmoqda.

    Yig‘ilishda xalqaro tajriba asosida bu sohada butunlay yangi tizimni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

    Buning uchun, avvalo, ijtimoiy ko‘makka muhtojlarni aniqlash va ularni hisobga olish, to‘lovlarning manzilliligini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

    Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasiga xalqaro tashkilotlar ekspertlarini jalb etib, iste’mol savati va yashash minimumini hisoblash tartibi hamda iste’mol me’yorlarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Uni avval muayyan shahar va viloyatlarda tajribadan o‘tkazib, keyin amalga kiritish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamini aniqlash va nafaqa to‘lashning aniq mezonlarini (indikatorlarini) joriy etish, ijtimoiy yordam oluvchilarning yagona reestrini shakllantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Qayd etilishicha, bu reestrning afzalligi shundaki, soliq, ichki ishlar, kadastr, bank, sog‘liqni saqlash, pensiya, mehnat, kommunal va mahalla idoralari ma’lumotlari yagona bazaga birlashtiriladi. Natijada hujjatlarni yig‘ishga ketadigan vaqt hozirgi bir necha kundan bir necha soatga qisqaradi, fuqarolar bitta idoraga murojaat qilish bilan barcha masalalarni hal eta oladi.

    Ijtimoiy himoya faqat nafaqa to‘lash bilan kifoyalanmasdan, balki muhtojlarning “oyoqqa turishi”ga ko‘maklashishi lozimligi ta’kidlandi. Misol uchun, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tegishli mehnat sharoiti yaratib berish orqali ularning 80 foizini foydali mehnatga jalb qilish mumkin.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga nogironlik guruhlari bo‘yicha kasblar klassifikatorini qayta ko‘rib chiqish, ularning ishlashiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    Mehribonlik uylarida tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, shu jumladan, ularni ish bilan ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

    Ijtimoiy sug‘urta tizimini isloh qilish, shuningdek, uch darajali pensiya ta’minoti tizimiga o‘tish orqali pensiya badalini to‘lashdan manfaatdorlikni oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    Bunda, birinchi darajada davlat minimal pensiya miqdorini belgilaydi. Ikkinchi darajada xodimning ish haqidan muayyan summa ushlanib, uning shaxsiy hisob-varag‘ida to‘planadi va Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan kam bo‘lmagan foiz hisoblab boriladi. Uchinchi darajada xodim pensiya jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘ miqdorini o‘zi belgilaydi.

    Bu tizim qo‘llanilsa, fuqaro kafolatli davlat pensiyasini olish bilan birga o‘z xohishiga qarab, pensiya yoshida qancha pensiya olishini o‘zi belgilash imkoniga ega bo‘ladi.

    Shu bois Moliya vazirligiga Jahon banki va nufuzli moliya tashkilotlari ekspertlari bilan hamkorlikda pensiya tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, ijtimoiy sug‘urta turlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Davlat rahbari hozirgi tizimni “shok terapiyasi” usulida isloh qilish aholining har xil qatlamiga turlicha ta’sir etishini alohida ta’kidlab, mutasaddilarga 2030-yilgacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Buning uchun 2020-yil birinchi yarmi yakunigacha aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha yangi tizimni har bir hududda eksperimentdan o‘tkazish vazifasi qo‘yildi.

    Yolg‘iz keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yashash joyi bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari faoliyatini takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

    Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    21.11.2019, 22:20   Izoh (0)   56992
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zstandart” Red Bull energetik ichimligiga sertifikat berishni rad etdi

    21.11.2019, 21:51

    Rustam Qosimovga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rektorligi yuklatildi

    21.11.2019, 21:35

    Is gazidan zaharlanish holatida qanday choralar ko‘rish kerak?

    21.11.2019, 21:23

    Toshkentda giyohvand moddalar sotiladigan saytni reklama qiluvchi bannerlar aniqlandi

    21.11.2019, 21:19

    Chimkentdagi qurilishda tom qulashi oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik ishchi jarohat oldi

    21.11.2019, 20:50

    O‘zbekistonlik bloger qiz o‘zi bilmagan holda giyohvand moddani reklama qilgani ma’lum bo‘ldi

    21.11.2019, 20:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.