Rossiyaning Sverdlovsk viloyati gubernatori Yevgeniy Kuyvashev boshchiligidagi delegatsiya Namanganga keladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Sverdlovsk delegatsiyasi tarkibidan gubernator o‘rinbosari, vazirlar, yirik kompaniyalar rahbarlari, san’atkorlar, jami 70 kishi o‘rin olgan.
24—26-noyabr kunlari amalga oshiriladigan safar davomida Namangan hamda Sverdlovsk viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolanadi.
Namangan va Sverdlovsk ishbilarmon doiralari vakillarining B2B formatidagi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha ko‘plab kelishuvlarga erishilishi ko‘zda tutilgan.
Sverdlovsk delegatsiyasi Namangan davlat universitetida tashkil etilgan Ural davlat tibbiyot universiteti qo‘shma tibbiyot fakultetiga talabalikka qabul qilish marosimida ham ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 2017-yil mart oyida Sverdovskka safar qilgan va gubernator Kuyvashev bilan hududlar o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha bayonnoma imzolagandi.
Izoh (0)