• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo” oqshomi: Aktrisa Gavhar Sharipovaning fojiali o‘limi, ifloslik qilmasligini aytgan Ortiqxo‘jayev, O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan “Goldor” Shomurodov

    Aktrisa Gavhar Sharipova olamdan o‘tdi. Dastlab Qashqadaryo viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aktrisa yurib ketayotgan avtobusning eshigini o‘zi ochib yuborib, undan tushib ketgani haqida xabar tarqatgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u avtobus emas, yuk mashinasida bo‘lgan va unga haydovchi shilqimlik qilgan; aktrisa soatiga 140 kilometr tezlikda ketayotgan mashina eshigini ochib, undan tushib ketgan va halok bo‘lgan.

    “Kun.uz” Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev va nashr muxbirlari o‘rtasida 15-avgust kuni hokimlik binosida bo‘lib o‘tgan suhbatning yangi — 14 daqiqadan ko‘proq davom etadigan versiyasini e’lon qildi. Unda, jumladan, hokim biror odamga besoqolboz degan nom yopishtirishni “olti soniyada tashkillashtira olishi”ni, biroq “bunday ifloslik qilmasligi”ni eshitish mumkin. Yangi audioning dastlab e’lon qilingan 1,5 daqiqalik audiodan farqli jihatlari ko‘p — unda hokimning “rahbarga yoqadimi-yo‘qmi”, “xo‘rozlar”, “cho‘ktirvoraman” kabi izohlari tushirib qoldirilgan.

    Eldor Shomurodov Falastin darvozasiga gol urganidan so‘ng.

    Eldor Shomurodov Falastin darvozasiga gol urganidan so‘ng.
    Foto: O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi

    Eldor Shomurodovning dubli O‘zbekiston milliy terma jamoasiga Falastin ustidan g‘alaba keltirdi. Endi hamma Eldorni “Goldor” deb chaqiryapti. Ko‘z tegmasin — shunday sermahsul o‘yin ko‘rsatishda davom etaversin u! Shu bilan Yevropaning kuchli chempionatlariga ketib qolsa ham mayliga edi. Ha-ya, aytmoqchi, yana ketma-ket ikkita o‘yinda gol ursa, afsonaviy Oleg Shatskixning rekordini takrorlaydi.

    Nyu-Yorkda IShID nomidan terakt qilgan asli o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov gapirishni “boshladi”. U sudyaga qarab: “Siz meni o‘lgan sakkiz kishi uchun sud qilmoqdasiz. Nega minglab musulmon ayol va bolalarning o‘lishiga javobgar bo‘lganlarni sud qilmaysiz?”, debdi. Eslatib o‘tamiz, Tramp uni o‘limga hukm qilishga chaqirgan edi.

    O‘zbekistonda yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini “doverennost”siz boshqarishga ruxsat berildi. Yaqin qarindoshlar deganda ota-ona, er (xotin), farzandlar, aka-ukalar, opa-singillar nazarda tutilmoqda. “Doverennost” talab qilinmagani bilan sug‘urta polisida qarindoshlarning ismi va qarindoshlik darajasi ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Qarindoshlikni ham o‘zingiz emas, sug‘urta kompaniyasi ko‘rsatishi kerak.

    Munosabatlar, raddiyalar, bayonotlar. Jizzaxda muntazam dars qoldirgan 8-sinf o‘quvchilarining o‘qituvchi tomonidan kaltaklanishi yuzasidan xizmat tekshiruvi belgilandi. Samarqandda so‘roqqa chaqirilgan shaxs ichki ishlar xodimlarining kaltaklaridan emas, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. Rahbari ayni vaqtda O‘zLiDePning ham raisi hisoblangan O‘zbekiston Fermerlar kengashi “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirovni “qabul qilingan qonun Konstitutsiyaga zid” kabi bayonotlar berishda mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi. Samarqandda tuproq ostida qolib, halok bo‘lgan ikki yollanma ishchining “Suvoqova” korxonasiga hech qanday aloqasi yo‘q. Sog‘liqni saqlash vazirligi kuydirgi kasalligi kolbasadan yuqmasligini ma’lum qildi. Qashqadaryoda 12 noyabr kuni pomidor-bodring konservasidan zaharlangan yetti kishidan biri — ona, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 18-noyabr kuni vafot etgan; ota va to‘ng‘ich o‘g‘il sun’iy nafas olish apparatiga ulangan.

    O‘zbekistonda yana nima yangiliklar? Samarqandda yetishtirgan paxtasini zavodga topshirayotgan fermer pichoqlandi. Toshkent viloyatida temiryo‘l kesishmasida qoidani buzgan haydovchilarga qarshi reyd o‘tkazilmoqda. Millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini keskin ko‘paytirish taklif qilinmoqda. Jahon banki O‘zbekistonga 500 million dollar qarz ajratadi. Yunusoboddagi omborxonada yirik yong‘in yuz berdi. 6 ta hududning bosh soliqchilari o‘zgardi. Toshkentdan 100 kilometr narida Turk xoqonligi davriga oid qabriston topildi. Sankt-Peterburgda O‘zbekiston fuqarosini uch kishi pichoqladi. Jizzaxda Milliy gvardiya tomonidan 90 metrli ulkan bayroq namoyish etildi.

    Dunyoda nima gap? Livanda namoyishchilar parlament binosiga olib boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi. Gruziyada politsiya parlamentga kirishni to‘sib qo‘ygan namoyishchilarni kuch bilan tarqatib yubordi. Eron oliy yetakchisi mamlakatdagi norozilik namoyishlari ortida xorijlik dushmanlar turganini ta’kidladi. Kuvayt bosh vaziri vazifasini bajaruvchi shayx yangi hukumat shakllantirish niyatida emas. Yaman isyonchi xusiylari Qizil dengizda uchta kemani egallab oldi. Rossiya Ukrainaga Kerch bo‘g‘ozida bir yil avval qo‘lga olingan kemalarni qaytarib berdi. Turkiya qo‘lga olgan IShID vakili Al-Bag‘dodiy joylashgan manzil haqida ma’lumot bergan. Pokiston ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.

    19.11.2019, 20:20   Izoh (0)   70681
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hokimliklarda yer uchastkalari olib qo‘yilishi va kompensatsiya bo‘yicha sho‘balar tashkil etildi

    19.11.2019, 20:06

    Toshkent viloyatida temir yo‘l kesishmasida qoidani buzgan haydovchilarga nisbatan reyd o‘tkazilmoqda

    19.11.2019, 19:51

    Qashqadaryoda bir oilada 7 kishi pomidor-bodring konservasidan zaharlangandi. Ulardan biri vafot etdi

    19.11.2019, 19:30

    Farg‘onada YPX xodimini urmoqchi bo‘lgan fuqaroga jazo tayinlandi

    19.11.2019, 19:11

    Sog‘liqni saqlash vazirligi kolbasada kuydirgi kasalligini keltirib chiqarishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    19.11.2019, 18:57

    Samarqandda IIBga so‘roqqa chaqirilgan shaxs nima sababdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    19.11.2019, 18:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.