Boliviyada siyosiy inqiroz boshlanganidan beri to‘qnashuvlar davomida 23 kishi halok bo‘ldi, 715 kishi jarohat oldi. Bu haqda Amerikalararo inson huquqlari bo‘yicha komissiya ma’lum qildi, deya xabar beradi “Izvestiya”.
Shuningdek, komissiya oxirgi sutka mobaynida Kochabamba shahrida Boliviyaning sobiq prezidenti Evo Morales tarafdorlari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 9 kishi halok bo‘lgani va 122 kishi yaralanganini bildirdi.
Mazkur shaharda norozilik namoyishlari qatnashchilaridan o‘qotar qurol va portlovchi moddalar musodara qilingan.
Izoh (0)