Samarqand shahri Xishrav ko‘chasida yollanma ishchi sifatida jalb etilgan N.R. va P.D. suvoqava quvurida ta’mirlash ishlarini olib borayotganda ularni kutilmaganda tuproq bosib qoldi.
“Postda.uz”ning yozishicha, voqea 13-noyabr kuni soat 12:30 larda yuz bergan. Oqibatda N.R. va P.D. voqea joyida halok bo‘lgan. Jasadlar sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.
Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)