Toshkentda yashovchi aka-uka lizing asosida avtomobil olib berishni va’da qilib, bir necha fuqaroning jami 7 milliard mablag‘ini o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Aka-uka Rustam va O‘ktam Qo‘chqorovlarga jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Aslida fuqarolarga lizing asosida avtomashina yetkazib berishni va’da qilgan aka-ukalar UzAuto Motors kompaniyasi bilan hech qanday shartnomaga ega bo‘lmagan.
Va’da qilingan muddatda avtomashinasini so‘rab kelgan mijozlarga soxta lizingchilar boshqa firmadan ijaraga olingan avtomobillarni berib, ularni tinchlantirib turgan.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud hukmiga ko‘ra, O‘ktam Qo‘chqorov 14 yilga, Rustam Qo‘chqorov esa 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Izoh (0)