O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Dubai Cup—U23 xalqaro musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.
17-noyabr, yakshanba kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari Birlashgan Arab Amirliklari olimpiyachilariga qarshi bahs olib bordi.
Amirliklar 6-daqiqadayoq Zayid Al Amrining golidan keyin oldinda o‘tib oldi. 59-daqiqada Yahyo al Hassani hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida Oybek Bozorov hisobni qisqartirishga erishdi.
Avvalroq O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Iordaniya va Iroq bilan durang o‘ynagan edi. Drulovich shogirdlari 19-noyabr kuni Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.
Dubai Cup—U23
3-tur bahsi
17-noyabr, yakshanba
BAA OTJ — O‘zbekiston OTJ 2:1
Gollar: 1:0 — 6 Zayid Al Amiri, 2:0 — 59 Yahyo Al Hassani, 2:1 — 90+1 Oybek BozorovYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)