Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida 10—17-noyabr kunlari boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekistonlik bokschilardan Suhrob Qayimov (-75 kg) hamda Shohjahon Abdullayev (-81 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi. Yana besh nafar o‘zbekistonlik finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bilan tanishing:
Oltin medal:
Suhrob Qayimov (-75 kg)Shohjahon Abdullayev (-81 kg)
Kumush medal:
Xurshid Rasuljonov (-56 kg)Javlonbek Yo‘ldoshev (-64 kg)Nurislom Ismoilov (-69 kg)Amirshoh Samadov (-91 kg)Navbahor Hamidova (-75 kg)
Bronza medali:
Mirzabek Mirzahalilov (-52 kg)Rahmatillo Toshpo‘latov (-60 kg)Saydiniso Muhammadaliyeva (-51 kg)Nasiba Hayrullayeva (-54 kg)Ziyoda Yarasheva (-60 kg)Dilfuza Bekova (-64 kg)Xadichabonu Abdullayeva (-69 kg)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)