AQShning Texas shtatidagi San-Antonio xalqaro aeroportida ikki xususiy samolyot to‘qnashdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa 15-noyabr kuni ro‘y bergan. Bir samolyot Yangi Orleandan qaytayotgan, ikkinchisi esa San-Xosedan parvoz qilayotgan va yoqilg‘i sizishi tufayli shoshilinch qo‘nishga majbur bo‘lagan. Uning uchuvchisi ajratilgan maydonga muvaffaqiyatli qo‘na olmagan va Yangi Orleandan uchib kelgan havo kemasiga borib urilgan.
Yuz bergan holat oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Avariya tufayli bir necha reys to‘xtatilgan.
Izoh (0)