AQShning Meksikadagi Nuyevo-Laredo shahrida joylashgan bosh konsulligi zo‘ravonlik holatlari ko‘paygani tufayli komendantlik soati joriy etdi. Bu haqda “Korespondent.net” xabar bermoqda.
Bosh konsullik xodimlariga uning hududini tark etish ham taqiqlangan.
Bu choralar mahalliy rasmiylar va Meksikadagi kriminal guruhlar vakillari o‘rtasida 15-noyabrdan so‘ng avj olgan to‘qnashuvlar bilan izohlanmoqda.
Diplomatlarga gavjum joylarga yaqinlashmaslik va vaziyat rivojini mahalliy OAV yordamida kuzatib borish tavsiya etilgan.
Izoh (0)