Bugun, 15-noyabr kuni O‘zbekiston hududida kun davomida G‘arbiy Qozog‘iston hududlaridan salqin havo massalari kirib keladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet matbuot xizmati.
Havoning harorati respublikaning aksariyat qismida 12—17 daraja atrofida issiq bo‘lishi kutilmoqda.
Dam olish kunlari antitsiklon ta’siri davom etadi. Respublikada havo bosim biroz balandroq bo‘lib, bulutli ob-havo kutilmoqda. Ertalab havoning sovishi sababli termometr ustunlari 0—5 darajadan oshmaydi, kunduzi havo harorati o‘rtacha 10—15 gacha isiydi.
Havoning o‘rtacha kunlik harorati me’yordagidan 1—3 daraja atrofida sovuq bo‘ladi.
Izoh (0)