• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri amaldagisidan qanday farqlanadi?

    “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi qonun 7-noyabr kuni e’lon qilindi. Norma’ning xabar berishicha, qonun normalari ayrim tuman va shaharlarda dastlabki sinovdan o‘tkaziladi, keyin esa tuzatishlar kiritilishi mumkin va shundan keyingina ular kuchga kiradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bu hujjat ushbu sohani tartibga soluvchi qonun hujjatining uchinchi versiyasi hisoblanadi. Birinchi qonun 1999-yilda, ikkinchisi 2006-yilda qabul qilingan edi.

    Qonunning yangi tahriri amaldagisidan farqi quyidagicha:

    • birinchidan, unda ayrim atamalarga (“ko‘p kvartirali uy” va boshqalar) ta’riflar berilgan, uylarga tutash hududlarga munosabatlar va boshqa umumiy qoidalar yanada batafsil tartibga solingan;
    • ikkinchidan, bir tarafdan, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan sohani muvofiqlashtirish yo‘nalishlari va uy-joy fondi inspeksiyasining nazorat vakolatlari, boshqa tarafdan esa uy-joylar mulkdorlarining huquq va majburiyatlari qayd etildi. Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruv organlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dastaklari ko‘paytirildi – avariya holatlarini tugatishda hamda soha uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashda ko‘maklashish ular jumlasiga kiritildi;
    • uchinchidan, tartib-taomillarga oid masalalarga – ko‘p kvartirali uylarni boshqarish usulini tanlash va o‘zgartirish tartibiga, bunday shakllarning har birining jihatlariga – bino mulkdorlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchi yoxud XUMSH tomonidan bevosita boshqaruv (har bir shakliga alohida bob bag‘ishlangan);
    • to‘rtinchidan, mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘zaro munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi. Joylardagi hokimiyat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi organlarning ishiga aralashish taqiqlandi. Bank kreditlarini olishda hokimiyatlar kafil bo‘lishi mumkinligi belgilandi. Subyektlar ko‘p kvartirali uylarga tutash hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqa masalalar yuzasidan tashkilotlar bilan hamkorlik qiladilar.

    Mavzuga doir: Toshkent markazidagi birorta ham uy avariya holatida emasligi ma’lum qilindi

    Qonun 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi. Bu o‘zgartirishlarni birdaniga amaliyotga kiritmaslik, avvaliga ular qanchalik o‘rinli ekanligini kuzatishga qaror qilinganligi bilan bog‘liqdir. 2020-yil 1-maygacha yangi qonun normalari ishlashini sinab ko‘rish uchun Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida, shuningdek, Jizzax va Marg‘ilonda huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra 2020-yil 1-iyungacha hujjat takomillashtirilishiga zarurat bor-yo‘qligi va respublikaning boshqa hududlarida qanday qo‘llanilishi belgilanadi.

    Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshidan poytaxtning Yunusobod tumanida ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarish bo‘yicha tajriba o‘tkazilmoqda. Tajriba doirasida barcha vakolatlar professional boshqaruv kompaniyalariga berilgan.

    Qonunning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali batafsil tanishib chiqish mumkin.

    15.11.2019, 14:18   Izoh (0)   14105
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Harbiy xizmatchini harbiy xizmatdan bo‘shatish asoslariga o‘zgartirish kiritiladi

    15.11.2019, 14:03

    Toshkentda metro qurilishi sababli Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi yopiladi

    15.11.2019, 13:51

    Yevropa banki O‘zbekiston mehmonxonalarini xususiylashtirishda ishtirok etishi mumkin

    15.11.2019, 13:26

    Markaziy bank bank kartalarini ogohlantirishsiz bloklanish holatlariga izoh berdi

    15.11.2019, 12:55

    O‘zbekistonda dafn etish uchun nafaqa davlat budjetidan ajratilishi belgilandi

    15.11.2019, 12:39

    “Qamchiq” dovonida Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

    15.11.2019, 12:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning olis va chekka hududlarida xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv markazi ochadigan yoshlarga foizsiz qarz beriladi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 09:32

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.