Toshkentda 20 yoshli qizning Gentra‘sini sotishga yordam bergan erkak sotuvdan tushgan 5 ming dollarni o‘zlashtirgan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, 12-avgust kuni 31 yoshli erkak B.B. 20 yoshli qiz M.Sh.ning ishonchiga kirib, unga Gentra avtomobilini sotishda ko‘maklashishini va’da qilgan.
Uni 11 ming dollar evaziga sotgan B.B., M.Sh.ga 6 ming dollarni berib, qolgan 5 ming dollani o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
B.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Bundan avval Toshkentdagi “moyka” ishchisi mijozning Lacetti’sini olib qochgani, Toshkent viloyatida Spark haydovchisining qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, mashinasini olib qochgan shaxslar ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)