• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Suv resurslarini olish va undan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar haqida har kuni hisobot berish taklif qilindi

    Suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zbekistonda suv resurslari hisobini yuritish hamda ulardan foydalanish tartibi yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Qaror bilan suv iste’moli va suvdan foydalanganlik bo‘yicha statistik kuzatuv olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

    Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020-yil 1-iyulidan boshlab barcha toifadagi (kommunal suv ta’minoti tizimidan tashqari) suv iste’moli va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlar “Suvdan foydalanganlik to‘g‘risida” idoraviy statistik 2-TP (suv xo‘jaligi) shakli asosida qat’iy ravishda elektron tarzda yuritiladi.

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha viloyat hokimliklari bilan birgalikda:

    • 2020-yilning 1-apreligacha “Suvdan foydalanganlik to‘g‘risida” idoraviy statistik 2-TP (suv xo‘jaligi) hisobotni elektron tarzda yuritish uchun respublikaning barcha nuqtalarida (onlayn) dasturiy ta’minot hamda mazkur dasturiy ta’minotdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish;
    • 2020-yilning 1-iyulidan ushbu dastur orqali suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilarning yagona elektron bazasi bilan bog‘lash hamda har bir iste’molchi kesimida to‘lanadigan soliq miqdorlarini hisobini yuritish vazifalari yuklatiladi.
    Suv iste’moli va suvdan foydalanganlik bo‘yicha statistik kuzatuv olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, barcha suv manbalari hamda suv xo‘jaligi obyektlarida suvning kundalik kuzatuvi, hisobi olib boriladi va hisoboti yuritiladi.

    Suv resurslari ustidan kuzatuv, hisob olib borish hamda hisobot yuritish ishlari:

    • tabiiy suv manbalari bo‘yicha – Gidrometeorologiya xizmati markazi (O‘zgidromet);
    • yer osti suv manbalari bo‘yicha – Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;
    • yer usti suvlaridan foydalanish bo‘yicha – Suv xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
    • xo‘jalik ichki suv obyektlari bo‘yicha – suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan amalga oshiriladi.
    Suv iste’molchilari – har kuni soat 18:00 gacha olgan suvini nima maqsadda ishlatgani, qanday ekinni qancha gektar sug‘organi hamda suvni boshqa maqsadda ishlatgani to‘g‘risida suv iste’molchilari uyushmasiga ma’lumot beradi.

    Suv iste’molchilari uyushmalari har kuni kechqurun soat 18:30 gacha qaysi manbadan qancha suv olgani, uni qaysi suv iste’molchilariga qanchadan taqsimlab bergani hamda bu suv qaysi maqsadlar uchun, qanday foydalanilganligi, suvdan foydalanish koeffitsiyenti haqida tuman irrigatsiya bo‘limiga axborot berib boradi.

    Har o‘n besh kunda tuman irrigatsiya bo‘limi bilan olingan suv miqdori va undan qanday foydalanilganligi to‘g‘risida o‘zaro dalolatnomalar tuzadi.

    Har chorak yakuni bo‘yicha 10 kun ichida tuman irrigatsiya bo‘limiga ular bilan kelishilgan tarzda belgilangan shaklda hisobot beradi.

    Tuman (shahar) irrigatsiya bo‘limlari har kuni kechqurun soat 19:00 gacha har bir suv manbasidan olgan suvi, iqtisodiyot tarmog‘iga, suv iste’molchilari uyushmasiga qanchadan bergani va ular suvni qanday maqsadda ishlatganlari, suvdan foydalanish koeffitsiyenti haqida ma’lumotlarni irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga, nusxasini tegishli Irrigatsiya tizimi boshqarmasiga taqdim etadi.

    Irrigatsiya tizimi boshqarmasi – har kuni kechqurun soat 20:30 gacha har bir suv manbaidan olgan suvi, uni qaysi tumanga, iqtisodiyot tarmog‘iga, suv iste’molchilari uyushmasiga qanchadan bergani va ular suvni qanday maqsadda ishlatganlari, qancha suv qaysi suv obyektiga tashlanganligi, suvdan foydalanish koeffitsiyenti haqida ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etadi.

    Har o‘n kunda tegishli magistral kanal (tizim) va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi bilan olgan suvlari va ulardan qanday foydalanganligi to‘g‘risida o‘zaro dalolatnomalar tuzadi.

    Har chorak yakuni bo‘yicha 10 ish kuni davomida irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga belgilangan tartib va shaklda hisobot beradi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi — Suv xo‘jaligi vazirligiga har kuni kechqurun soat 21:00 ga qadar har bir suv manbaidan olgan jami suvi, uni qaysi magistral kanalga, irrigatsiya tizimi boshqarmasiga, viloyatga, tumanga, iqtisodiyot tarmog‘iga qanchadan bergani va ular tomonidan suv qanday maqsadlar uchun ishlatilgani to‘g‘risida, qancha suv qaysi suv havzasiga tashlangani, suvdan foydalanish koeffitsiyenti haqida yozma ravishda kunlik axborot berib boradi.

    Suvdan foydalanish va suv chiqarishda quyida keltirilgan shartlarga (cheklovlarga) mos (to‘g‘ri) keluvchi barcha respondentlar suvdan foydalanganlik va suv chiqarib tashlaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2-tp shakli bo‘yicha taqdim etadilar:

    • suv obyektlaridan (qishloq xo‘jaligi obyektlaridan tashqari) sutkasiga 5 metr kub yoki undan ortiq suv oluvchilar;
    • suv ta’minoti tizimlaridan (suv bilan ta’minlovchi - respondentlardan) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tashqari suv iste’molining barcha turlari uchun sutkasiga 5 metr kub va undan ortiq suv oluvchilar;
    • qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun suv ta’minoti tizimlaridan suv oluvchilar, suv obyektlaridan sutkasiga 5 metr kub va undan ortiq miqdorda suv oluvchilar;
    • olinayotgan suvning miqdori qancha bo‘lishidan qat’iy nazar umumiy quvvati 500 metr kub yoki undan ortiq bo‘lgan aylanma suv ta’minoti tizimi bo‘lganlar;
    • oqava (chiqit, drenaj) suvlarni chiqarib tashlovchilar.
    Suvlar miqdorlari bo‘yicha ko‘rsatilgan chegaralar hududning o‘ziga xos jihatlaridan kelib chiqib Suv xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari tomonidan kamaytirilishi ham mumkin.

    14.11.2019, 11:26   Izoh (0)   8459
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Parijda UNESCO’ning 40-yubiley sessiyasida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etmoqda

    14.11.2019, 11:11

    Quyichirchiqda ikki odam o‘limiga sabab bo‘lgan chaqnash yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

    14.11.2019, 10:42

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi noyabr oyida bug‘doy unining narxi deyarli oshmaganini ma’lum qildi

    14.11.2019, 10:27

    Respublikaning ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilish kuzatiladi

    14.11.2019, 09:58

    “Yuksalish” umummilliy harakati: “Lukoyl” kompaniyasi vakilining xatti-harakatiga jiddiy e’tibor qaratish lozim”

    14.11.2019, 09:43

    Prezident huzurida xorijiy investorlar kengashi tuzildi

    14.11.2019, 09:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.