Daryo

Toshkentdagi “moyka” ishchisi mijozning Lacetti’sini olib qochdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

1 daqiqa o‘qish59 068 ko‘rishlar0 izoh0

Bektemir tumani, Ohangaron shoh ko‘chasida joylashgan avtomobillarni yuvish shoxobchasida 40 yoshli A.R.ga tegishli Lacetti mashinasi mazkur shoxobchada ishlovchi 48 yoshli X.X. tomonidan olib qochilgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, voqea 7-noyabr kuni soat 8:00 larda sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan 8-noyabr kuni tuman IIO FMB tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Toshkentda shu yilning aprel oyida mijozining mashinasidan salkam 3 ming dollar o‘g‘irlagan “moyka” ishchisi ushlangandi. Avgust oyida esa Yangiyo‘lda mijozning Lacetti’sini yo‘lga haydab chiqqan “moyka”chi velosiped mingan o‘smirning hayotiga nuqta qo‘ygandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar