• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12777.52
    • RUB161.54
    • EUR14590.65
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    E’tirof: “Kundalik” metodisti ta’lim tizimidagi bo‘lajak o‘zgarishlar haqida

    Bugungi kunda ko‘plab sohalarda axborot texnologiyalari muvaffaqiyatli qo‘llanmoqda. Bu O‘zbekiston ta’lim tizimini ham chetlab o‘tmadi. Maktablarda “Kundalik” raqamli ta’lim platformasining joriy etilishi ota-onalar va o‘qituvchilar orasida ham qiziqish, ham savollarni keltirib chiqardi. “Kundalik” kompaniyasi metodisti Gulnora Ismoilova platforma nima uchun zarurligi haqida gapirib berib, ko‘pchilikda yuzaga kelayotgan savollarga javob qaytardi.

    — O‘zbekistonda elektron kundaliklar va jurnallarni joriy etish bo‘yicha bir necha urinishlar bo‘lgan. “Kundalik” platformasining asosiy farqlari va afzalliklari nimadan iborat?

    — Mening pedagogikada 29 yillik tajribam bo‘lishiga qaramasdan, bunday ko‘p funksiyali tizimga birinchi marta duch keldim. Bu nafaqat elektron kundalik va jurnal, balki o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, maktab rahbarlari va nazoratchi idoralari uchun yaratilgan raqamli ta’lim platformasidir. U onlayn rejimda darslar jadvalini tuzish, har bir dars uchun rejalar tuzish, davomat va o‘zlashtirish hisob-kitobini yuritish, avtomatik ravishda hisobotlarni shakllantirishga imkon beradi. O‘quvchi va ota-onalar “Kundalik”da baholar va uy vazifalarini ko‘rishlari, xavfsiz tarmoqda muloqot qilishlari va qo‘shimcha ta’lim resurslaridan foydalanishlari mumkin. Platformadan foydalanish juda oson, tug‘iladigan savollarga esa qo‘llab-quvvatlash xizmati mutaxassislari har doim javob berishga tayyor.

    Fikrimga ko‘ra, “Kundalik”ning boshqa platformalardan asosiy farqi – kompleks yondashuvda. Biz nafaqat ma’lum bir mahsulotni joriy etmoqdamiz, balki uning yordamida mamlakatdagi butun ta’lim sohasini modernizatsiya qilmoqdamiz: pedagoglarga kompyuter savodxonligini o‘rgatmoqdamiz, maktablarning texnik jihozlanganligini ko‘rsatib bermoqdamiz va ushbu haqqoniy ma’lumotlarni asl holida to‘liq ta’lim vazirligiga taqdim etmoqdamiz, vazirlik esa, ular asosida zarur bo‘lgan joylarda va hajmlarda infratuzilmani yaxshilaydi, kompyuterlar bilan ta’minlaydi hamda internetga ulaydi.

    Bugungi kunda O‘zbekistonda turli sohalarda raqamlashtirish jarayoni amalga oshirilmoqda va ta’lim sohasi birinchi navbatda bunday o‘zgarishga muhtoj. Maktablar, o‘qituvchilar tarkibining tayyor emasligi va boshqa cheklovchi omillar haqida tinmasdan gapirish mumkin. Ammo hech narsa qilinmasa, rivojlanish bo‘ladimi?

    — Sizningcha, maktablar bunday o‘zgarishlarga tayyormi?— Siz, hech nima qilmasdan o‘tirish va ma’lum bir tayyorgarlik vaqti kelishini kutish kerak deb hisoblaysizmi? O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitoblar qanday joriy etilganini eslang. O‘sha paytda aholi bunday ssenariyga umuman tayyor emas edi, hech kim tushunarsiz va keraksiz bo‘lib ko‘ringan kartalardan foydalanishni istamagan edi. Ammo bu ish mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur edi. Ko‘pchilik ulardan qanday foydalanishni tushunmas, do‘konlar to‘lovlarni amalga oshirish uchun terminallar bilan yaxshi jihozlanmagan edi. Va endilikda, bir necha yil o‘tgach, to‘lov ilovalari yordamida kommunal to‘lovlar, davlat avtomobil nazorati jarimalari va boshqa xizmatlar to‘lanmoqda. Bu shuni ko‘rsatadiki, jamiyatda yangiliklarni inkor etish orqali qabul qilish odati mavjud. Shuning uchun, bu yerda asosiy narsa, hammasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishidir.

    O‘zbekistondagi barcha ta’lim tashkilotlari ham kompyuterlar va internet bilan yetarli darajada jihozlanmagan, va biz buni yaxshi tushunamiz, shuning uchun ham biz tizimni faqat to‘laqonli ishlash uchun zarur bo‘lgan minimal imkoniyatlar mavjud bo‘lgan Toshkent shahri va ba’zi viloyat maktablarida joriy etmoqdamiz. Biz ta’lim vazirligidan bunday maktablarning ro‘yxatini olgan holda, ish boshlamoqdamiz. Shunga qaramasdan, ularning ba’zilarida tizimni joriy etish jarayonida biz qayerdadir zaif internet, yana bir boshqa joyda kompyuterlar borligi, lekin eskiligi, yana bir yerda esa o‘qituvchilar tarkibi hamma texnik bazaga ega bo‘lgan holda texnologiyadan foydalanishni o‘rganishni istamasligiga duch kelmoqdamiz. Biz bu haqda ta’lim vazirligidagi hamkasblarimizni xabardor qilmoqdamiz, toki ularda sodir bo‘layotgan voqealar haqida aniq tasavvur hosil bo‘lib, zarur choralar ko‘rsinlar. 2021-yil oxirigacha XTV O‘zbekistondagi barcha maktablarni yuqori tezlikdagi internet va barcha sinflarni shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlashni rejalashtirgan.

    Ko‘pincha bizdan “Kundalik”da ishlash uchun o‘qituvchilar mustaqil ravishda planshet yoki smartfon sotib olishlari kerakmi, degan savol tez-tez so‘raladi. Tushuntirib o‘taman: o‘qituvchilar hech narsa sotib olishlari zarur emas. Tizim ularning hayotini murakkablashtirish uchun emas, balki uni osonlashtirish uchun joriy qilinmoqda. Bunda men qog‘ozbozlikdan ozod qilish, hisobotlarni qo‘lda yozish, har bir dars bo‘yicha har yili qayta-qayta ko‘chiriladigan dars rejalarini qayta yozish va hokazolarni nazarda tutyapman.

    — Sizningcha, raqamlashtirish O‘zbekistondagi ta’lim sohasida qanday aks etadi?— “Kundalik”ning asosiy maqsadlaridan biri – byurokratiya darajasini pasaytirish va ta’limni yanada sifatli, arzon va ijodiy qilishdan iborat. Buning natijasida bolalar materialni yaxshiroq o‘rganadilar, yozilgan uy vazifalarini tekshirish, ota-onalarning o‘qituvchilarga qo‘ng‘iroqlari va hakozo kabi “maishiy” muammolar hajmi kamayadi.

    Men ta’lim jarayonining barcha murakkabliklarini yaqindan bilaman. Bu asosan hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq: jurnal yuritish, hisobotlarni tayyorlash, har bir dars bo‘yicha ish rejalari – bularning barchasi kunma kun qog‘ozda to‘ldiriladi. Ta’limni raqamlashtirish o‘qituvchining hayotini osonlashtiradi. Jurnal yo‘qolmaydi, endi uni buzib qo‘yish mumkin emas, zamazka haqida umuman unutishingiz mumkin. Yo‘qlama qilishlar va uy vazifasini yuz martalab takrorlash o‘tmishda qoladi. Bundan tashqari, “qog‘ozli” jarayonlarni avtomatlashtirish juda ko‘p vaqtni tejaydi. Qisqasi, tizim maktabning kundalik hayotini sezilarli darajada osonlashtiradi. Bolalardagi barcha yutuqlar va bilimidagi bo‘shliqlar qayd etib boriladi. Ma’lumotlarning ochiqligi va ishonchliligi ota-onalarga bolani yo‘naltirishga, kerakli mavzular va fanlar bo‘yicha o‘z vaqtida shug‘ullanishga yordam beradi.

    — Texnologik yangiliklarning joriy etilishi har doim ko‘plab qiyinchiliklar bilan birga kechadi. Texnik jihatdan yetarlicha bilimga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar “Kundalik”da ishlashni qanday o‘rganishlari mumkin?

    — Tizimda ishlash ko‘nikmalari loyihaning muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Dastlab, biz yuzma-yuz seminarlar va onlayn vebinarlarni o‘tkazishni istagan edik. Bizningcha, bunday ikki tomonlama yondashuv o‘qituvchilarni “Kundalik” bilan tanishtirish bosqichini tezlashtirishga imkon bergan bo‘lar edi. Ammo oxir-oqibatda vebinarlar o‘qituvchilar uchun juda qiyin bo‘lib chiqdi, hamma ham ma’lumotlarni onlayn rejimda qabul qila olmadi, shu sababli ham hozircha bundan voz kechish va ko‘proq mashg‘ulotlarni jonli ravishda o‘tkazishga qaror qilindi. Bugun men boshqa metodistlar bilan birgalikda tizimga ulanayotgan maktablarda seminar va mahorat darslarini o‘tkazmoqdaman. Albatta, har doim ko‘plab savollar tug‘iladi, ba’zida o‘qituvchilar orasida “Men o‘zim qanday qilib elektron jurnalni yuritishim mumkin?”, degan ikkilanish paydo bo‘ladi, lekin bu hol uzoqqa bormaydi. Ilgari kompyuterni yaxshi tushungan o‘qituvchilar bugungi kunda tizimning ishonchli foydalanuvchilaridir. Sizga 1971-yildan beri 158-maktabda ishlayotgan rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Tatyana Istaxarova misolida gapirib beraman. Dastlab, raqamli ta’lim platformasining joriy etilishi haqidagi xabar unda xavotir uyg‘otdi. Ammo Tatyana Borisovna bir necha hafta ichida, yoshi katta bo‘lishiga qaramay, internetda va “Kundalik”da ishlashni o‘rganib oldi. Endilikda u har kuni, boz ustiga, elektron jurnalni o‘z vaqtida to‘ldirmoqda: uy vazifalari va ularga tushuntirishlar, joriy baholar va ular haqida sharhlarni kiritmoqda. Biz bu qiyin va uzoq davom etadigan jarayon ekanligini tushunamiz, pedagog-o‘qituvchilarda “eski usulda” ishlash odati shakllanib bo‘lgan, va ko‘pchilik, elektron jurnalni hozirgacha qabul qila olgani yo‘q. Ammo, agar ozgina sabr-toqat qilsangiz, yangi bilim va imkoniyatlarga ochiq bo‘lsangiz, hamma narsaga erishish mumkin.

    — Ko‘rinib turibdiki, hozirda o‘qituvchilar ikki barobar ish bajarishlari kerak: qog‘oz va elektron jurnallarni to‘ldirishlari zarur. Qachon elektron hujjat aylanuviga to‘liq o‘tish mumkin bo‘ladi?

    — Bular qog‘ozdan “raqam”ga o‘tish davrining qiyinchiliklari. O‘qituvchilarning ishini yengillashtirish, ularni qog‘ozbozlik ishlaridan xalos qilish va o‘quv jarayoni sifatini yanada yaxshilash uchun elektron jurnal va kundaliklar joriy etilmoqda. Qog‘ozdan to‘liq ozod bo‘lish uchun o‘qituvchilar tizimni yaxshi o‘zlashtirishi va maktablar texnik jihatdan tayyorlanishi kerak, buning uchun esa, o‘zingiz bilganingizdek, vaqt zarur. Bu bir kechada bo‘lmaydi, jarayon bosqichma-bosqich bo‘ladi. Baholar va uy vazifalari elektron jurnallarda qog‘oz jurnalida bo‘lgani kabi paydo bo‘la boshlagunga qadar ikki tomonlama ish yuritish ko‘zda tutilgan. Bu tizim o‘zlashtirilganligi va unda ishlashga tayyor ekanligidan dalolat beradi.Aytgancha, yaqinda xalq ta’limi vazirligi tomonidan qog‘oz jurnaldan voz kechish va elektron jurnalni qat’iy hisobot hujjati sifatida yuritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi to‘g‘risida buyruq chiqarildi.

    — Tizim foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi va maxfiyligi qanday ta’minlanadi?

    — Shaxsiy ma’lumotlar va barcha to‘plangan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi orqali davlat nazorati ostidagi serverlarda joylashgan. Kundalik.com tizimi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini saqlanadigan “Kundalik” MChJ serverlari O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori – “O‘zbektelekom” AJning ma’lumotlar markazida joylashgan. Shaxsiy ma’lumotlarni saqlash va jamoat tarmoqlari orqali uzatish O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 547-sonli Qonun talablariga to‘liq javob beradi.

    — Shaxsiy ma’lumotlar qayta ishlash uchun qayerga va kimga berilishi mumkin?

    — Ma’lumotlar maktab xodimlariga, ta’limni boshqarish organlari, “Kundalik” xodimlariga va shaxssizlashtirilgan shaklda uchinchi shaxslarga berilishi mumkin. Tushuntirib o‘taman, uchinchi tomonlar - bu reklama beruvchilar bo‘lib, ular Kundalik.com foydalanuvchilariga o‘zlarining mahsulotlari va xizmatlari haqida platformamiz auditoriyasiga mos keladigan shakl, mavzularda, ularning yoshidan kelib chiqib, ma’lumot berishlari mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, ta’kidlash kerakki, uchinchi shaxslar tizim foydalanuvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni faqat shaxssizlashtirilgan shaklda olishlari mumkin. Biroq, hali bu haqda gapirishga erta, chunki Kundalik yo‘lning boshida va platformada reklama joylashtirilmagan.

    — O‘zbekiston uchun yangi loyihada ishlash mamlakatdagi ta’limni rivojlantirishga bo‘lgan nuqtayi nazaringizni qanday o‘zgartirdi?

    — Bugungi kunda Toshkentning 290 maktabi “Kundalik” bilan ish olib bormoqda, shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro viloyatlari maktablari tizimga ulangan. Dastlabki natijalarga asoslanib, platforma hozirdanoq bir qator qiyinchiliklarni hal qilishga imkon beradi, degan xulosaga kelish mumkin. Barchaga ma’lumki, ko‘plab maktablarda o‘quvchilar soni 40 kishidan oshadi. Bunday holatlarda o‘qituvchi har bolaga e’tibor qaratish, hamma o‘z uy vazifasini yozib olganmi yoki yo‘qligini kuzatishi qiyin. “Kundalik”da hamma narsa: vazifalar, baholar, dars jadvali qayd etilgan. Shuni ham ta’kidlash kerakki, platforma tufayli o‘quvchilarning davomati yaxshilandi va arzirli sababsiz darsdan qolishlar soni ozaydi. O‘quvchilar orasida bolalarni yangi maqsadlarga intilishga undovchi bilim olishga, ijodiy topshiriqlar va musobaqalarga qiziqishning ortishi ham ancha ahamiyatga ega. “Kundalik” ta’lim to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni birlashtiradi va undan ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari foydalanishlari uchun imkon yaratadi. Shunday qilib, masalan, to‘lib ketgan sinflarga doir vaziyat barcha, shu jumladan, direktor va XTV xodimlari uchun ham ochiq bo‘ladi. Tizim muammolarni barcha tushunishini ta’minlashi juda muhimdir.

    — Shaxsan sizni platformani amalga oshirish jarayonida nima ilhomlantiradi?

    — Men hamisha shakllanib bo‘lgan mutaxassisni hayratda qoldirish qiyin deb o‘ylar edim. Ammo hozir, loyihada ishlay turib, bunday emasligini tushunyapman. Men har kuni o‘qish-o‘rganishni davom ettirmoqdaman, o‘z tajribamni qo‘llagan holda, ijodiy fikrlash chegaralarini kengaytirmoqdaman. Bir hafta ichida o‘rtacha uch-to‘rtta maktab jamoasi bilan tanishaman. Har birida yangi narsalarni kashf etaman. Shuningdek, ishxonamizda ham barcha qulayliklar mahayyo, turli yoshdagi qiziqarli hamkasblarim bor, ular bilan birgalikda ish jarayonida ishtirok etamiz. Agar loyiha biz o‘zimiz qo‘ygan cheklovlarni o‘chirib tashlasa – bu juda ajoyib! Shuningdek, yangilanishga muhtoj bo‘lgan sohaga yangi texnologiyalarni olib kirayotganim ham menga juda ilhom beradi.

    — O‘zbekistonda “Kundalik” loyihasining kelajagini qanday ko‘rmoqdasiz?

    — “Kundalik” loyihasining O‘zbekistonda kelajagiga nazar tashlar ekanmiz, uning rivojlanishi biz yangi imkoniyatlardan qanday foydalanishimizga bog‘liqligini tushunish juda muhimdir. Men maktablarda ilk o‘quv seminarlarini o‘tkazganimda, o‘qituvchilar tomonidan ikkilanish va ishonchsizlik juda ko‘p bo‘lgan. Ular bu yangilikni qo‘shimcha yuk sifatida qabul qilishgan edi. Ammo, bir necha oy o‘tishi bilan, yetakchi maktablar, faol ota-onalar aniqlashib qoldi, ular har kuni tizimda ishlagan holda, vaqt va asabni tejash uchun yangi imkoniyatlarni kashf eta bordilar. Men bu loyihaga juda qattiq ishonaman. Menim fikrimcha, bu ta’limni modernizatsiya qilishning eng samarali va oddiy vositalaridan biridir.

    Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Bunyodkor prospekti, 42/1

    Telefon: +998 903162084

    E-mail: press@kundalik.com

    Reklama huquqi asosida.

    14.11.2019, 12:00   Izoh (0)   27577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    10 kunda 12 kg vazn tashlashga qandaysiz — semizlikdan go‘zallikka?

    14.11.2019, 09:00

    17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan abituriyentlar suhbat asosida xalqaro talabaga aylanishlari mumkin!

    13.11.2019, 17:55

    Parvarish qilingan tirnoqlar va go‘zal tabassum — nimaning evaziga?

    13.11.2019, 15:00

    Kuz kelishi bilan oyoqlarning terlashi avj oladimi?

    13.11.2019, 12:00

    Soch muammosi – mutaxassis bilan suhbat

    13.11.2019, 09:00

    “Xalqaro injenerlik xizmati” markazi — “kelajak”ni bugun xarid qiling!

    12.11.2019, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    FIDE reytingi. Karlsen yetakchi, Abdusattorov 6-o‘rin, Sindorov esa 29-pog‘onadan joy oldi

    Sport | 9 iyun, 10:45

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 10-iyun kuni yomg‘ir yog‘adi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 10:44

    Yozning jaziramasida salqinlik beruvchi 4 xil limonad retsepti

    Retseptlar | 9 iyun, 10:42

    Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

    O‘zbekiston | 9 iyun, 10:22

    Kolumbiyada 6,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

    Dunyo | 9 iyun, 10:09

    2025-yilda ota bo‘lgan mashhur erkaklar

    Kino | 9 iyun, 09:53

    Ronaldu: “Yo‘lning boshida emasman, oxiriga yaqinman”

    Sport | 9 iyun, 09:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.