Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari xorijga yo‘l olgan poyezd vagonlari orqali noqonuniy ravishda qorako‘l terilari olib chiqib ketilishining oldini oldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Poyezd vagonlari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Natijada mazkur poyezd vagonlarining birida tambur yonidagi rakovina tagiga umumiy qiymati 20,3 million so‘mlik 29 dona qorako‘l terilari yashirilgan holda noqonuniy olib ketilayotganligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)