Amerikalik taniqli aktyor va jang san’ati ustasi Stiven Sigal o‘zining Instagram sahifasi orqali Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuyovi Otabek Umarovni O‘zbekiston aralash jang san’ati assotsiatsiyasi rahbar etib saylangani bilan tabrikladi.
“Do‘stim Otabek Umarov yaqindagina O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi rahbari etib saylandi. Tabriklayman, uka!”, — deya aktyor Otabek Umarovning akkauntidagi videoni ulashgan holda izoh qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, Otabek Umarov noyabr oyi boshida Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi.
https://www.instagram.com/p/B4uPI8EgPcj/?utm_source=ig_embed
Otabek Umarov O‘zbekistonda MMA rivojiga befarq bo‘lmagan homiylarni jalb qilishni ma’lum qilgan. Assotsiatsiya rahbari hamkorlik qilishni istaydiganlar ko‘p bo‘lishiga ishonch bildirgan edi.
Aytgancha, Otabekning amerikalik do‘sti Stiven Segal allaqachon “boy tarixga ega mamlakatga” tashrif buyurgan edi, u yerda u dunyodagi eng katta oshni tayyorlashda qatnashgan edi.
Izoh (0)