Boliviyada muxolifat tarafdorlari Patria Nueva (PRN) davlat radiostansiyasi va Bolivia TV (BTV) milliy telekanali joylashgan binoni qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Patria Nueva direktori Ivan Maldonadoga ko‘ra, namoyishchilar studiyani qurshab olgan va ikki soat davomida jurnalistlarni tutib turgan. Ular faoliyat to‘xtatilmasa, qurilmalarni yo‘q qilish bilan tahdid etgan.
Boliviya prezidenti Evo Morales Twitter’dagi sahifasida mazkur hujumni qoraladi.
“Ular demokratiyani himoya qilyapmiz deyishadi, biroq o‘zlarini mustabid tuzumlardagi kabi tutmoqda”, — deya yozib qoldirgan davlat rahbari.
Izoh (0)