London oliy sudi Natalya Potaninaning sobiq eri, “Interros” xoldingi rahbari Vladimir Potanindan mol-mulkining uchdan biri — 6 milliard dollarni undirib berish haqidagi da’vosini rad etdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Potanina garchi sobiq turmush o‘rtog‘ining biznesiga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa ham, ajrim chog‘i “atigi” 41,5 million dollar olganini bildirgan. Shuningdek, Vladimir Potaninni to‘lov summasini kamaytirish uchun mol-mulkining salmoqli qismini ofshorlardan yashirishda aybladi.
Da’vo arizasini ko‘rib chiqqan sudya Jonatan Koen Potanina ajrim paytida da’vo qilayotganidan deyarli ikki baravar ko‘p —84 million dollar olganini aniqladi. Shuningdek, nikoh buzilganidan so‘ng sobiq er bolalar xarajatlari uchun 7,3 million dollar ajratgani ma’lum bo‘ldi. Shu tariqa, sud Potaninning sobiq xotini keltirgan da’volarni asossiz deb topdi.
The Daily Mail nashriga ko‘ra, agar Natalya Potanina sobiq eridan 6 milliard dollar undirishga muvaffaq bo‘lganida, gap Britaniya ajrim jarayonlaridagi eng katta tovon puli haqida ketgan bo‘lardi.
Izoh (0)