Chexiyaning Prosteyev shahrida yuk mashinasi yo‘ldan chiqib ketib, avtoservisga borib urildi va sotuvga tayyorlab qo‘yilgan 27 ta avtomobilni pachoqladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.
Politsiya matbuot kotibi Frantishek Korjinek umumiy zarar 8,6 million kronni (375 ming dollar) tashkil etganini ma’lum qildi. Bundan 7 million kroni avtomobillar, 1 million kroni yuk mashinasi va 600 ming kroni avtoservis shikastlanishi xarajatlariga to‘g‘ri keladi.
Politsiya 40 yashar haydovchini tekshirib ko‘rdi va alkogol yoki narkotiklar iste’mol qilinishi holatini istisno etdi. Avariya yuzasidan tekshiruv davom etmoqda.
Izoh (0)