Ispaniya mustaqillik to‘g‘risidagi referendumni tashkil qilgani uchun qidiruvga bergan Kataloniya hukumatining sobiq ikki vaziri Belgiyada rasman hibsga olindi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Oktabr oyida Kataloniyaning 9 nafar sobiq mansabdori uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilganidan so‘ng Madrid Luis Puch va Toni Kominni hibsga olish uchun yangi orderlar bergandi.
Puch va Komin Ispaniyada ularga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilganidan so‘ng Belgiyaga kelgandi. 7-noyabr, payshanba kuni mamlakat politsiyasi ularga hibsga olish to‘g‘risidagi order haqida rasman ma’lum qildi. Shundan so‘ng siyosatchilar Belgiyani tark etmaslik sharti bilan qo‘yib yuborildi.
Endi ular 15-noyabr kuni sudda Ispaniyaga ekstraditsiya qilinishlariga qarshi o‘z dalillarini keltirishi lozim bo‘ladi.
Izoh (0)