Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlarining “Sarhad.uz” nomli rasmiy Telegram-kanali o‘z faoliyatini boshladi.
Kanal manzili @sarhad_uz bo‘lib, endi ular olib borilayotgan islohotlar va harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati xususidagi xabar va yangiliklarni kuzatib borish mumkin.
Kanalda, shuningdek, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga yaratib berilayotgan sharoitlar, DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilarining o‘quv jangovar harakatlari hamda davlat chegaralarini qo‘riqlash va xalq tinchligini ta’minlashdagi xizmat faoliyati, shuningdek, davlat chegarasi buzuvchilarining noqununiy xatti-harakatlari xususidagi xabar va yangiliklar, harbiy xizmatchilarning ijod namunalari, xizmat faoliyati bilan bog‘liq tadbirlar, audio va video materiallar berib boriladi.
Izoh (0)