O‘zbekiston banklariga sotish uchun oltin tangalarning yangi partiyasi kelib tushdi, deb xabar beradi Spot.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonliklar barcha kumush tangalarni sotib olgan, ammo oltin tangalar banklar tasarrufiga asta-sekin kirib kelmoqda. Agar sentabr oyi boshida banklardagi qoldiq 160 tanga bo‘lsa, oktabr oyi oxirida 200 dan ortiq bo‘ldi.
Tangalar qiymati milliy valyutada Markaziy bank tomonidan haftasiga kamida bir marta belgilanadi.
Izoh (0)