30-oktabr kuni soat 00:20 da Yashnobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida inson o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Nexia avtomobilini boshqarib ketayotgan 33 yoshli haydovchi Salim R. 27 yoshli Akromjon Ch. boshqaruvidagi Matiz bilan to‘qnashib ketdi. Kuchli to‘qnashuv natijasida Matiz yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan 35 yoshli haydovchi Ahrolbek Yu. boshqaruvidagi Spark’ka urildi.
YTH oqibatida Matiz haydovchisi Akromjon Ch. tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan. Avtomobilning Daniyel A. ismli 19 yoshli yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etdi.
Nexia avtomobili haydovchisi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida to‘xtab turgan Matiz’ni kelib urgani YTHning dastlabki sababi deb topilgan.
Izoh (0)