• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yangiyo‘lda AES loyihalari uchun metall konstruksiyalar yetkazib beruvchi zavod quriladi

    Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metall konstruksiya zavodi quriladi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Foto: Asqar Yakubov

    Foto: Asqar Yakubov

    Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi va Toshkent viloyati hokimligining “Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida metall konstruksiya zavodi qurilishi” loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.

    Quyidagilar loyiha doirasida:

    • ta’sischisi “Enter Engineering Pte Ltd.” (Singapur) kompaniyasi bo‘lgan “Steel Structure & Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etilgan;
    • zavodning qurilishi energiya tejaydigan uskunalardan foydalanish asosida bug‘ gazlaridan chiquvchi ortiqcha issiqlik va chiqindi gazlarni qaytarib olish texnologiyasini joriy qilgan holda investor mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
    • belgilangan tartibda investor bilan huquq va majburiyatlarni, investitsiyalar hajmini, yaratilayotgan ish o‘rinlarining rejalashtirilgan sonini, investorga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni, shuningdek, boshqa investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni ilovaga muvofiq dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda investitsiya shartnomasini tuzishni;
    • investor tomonidan investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlaydi.
    Loyihani amalga oshirish doirasida:

    “Steel Structure & Solutions” MChJ – buyurtmachi;

    “Enter Engineering Pte Ltd.” (Singapur) kompaniyasi – loyihani “kalit osti” (Engineering, procurement and construction – YERS) shartlari asosida amalga oshiruvchi bosh pudratchi tashkilot etib belgilab qo‘yiladi.

    Loyiha doirasida 2020-yil 1-iyuligacha bo‘lgan davrda, istisno tariqasida, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni qurilish-montaj ishlari bilan birgalikda bajarishga ruxsat beriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tomonidan 2019-yil 1-dekabrgacha buyurtmachiga qurilayotgan metall konstruksiya zavodi uchun tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalari uchun maqbul ulanish joylari berilishini ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi ishlab chiqilayotgan ishchi hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazilishini va obyektlarda qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshirilishini ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi loyihaning davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilishi va uni amalga oshirish jarayonida ekologik qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” assotsiatsiyasi tomonidan, istisno tariqasida, tegishli buyurtmalar bo‘yicha loyiha doirasida metall prokat, sement va yoqilg‘i-moylash materiallarini buyurtmachiga berishni, to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha 100 foiz oldindan to‘lash sharti bilan birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlarida ajratish ta’minlanadi.

    Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilardan ozod qilinadi:

    1. Buyurtmachini tashkil etilganidan boshlab va qurilish davrida, ishlab chiqarish boshlanganidan keyin 7 yil davomida – yuridik shaxslarning foyda solig‘i, yuridik shaxslarning mulk solig‘i, yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, avtotransport yig‘imlari, yer solig‘i, suv solig‘idan;
    2. Buyurtmachi va bosh pudrat tashkilotini 2020-yil 1-sentabrgacha:
    3. Olib kiriladigan va ro‘yxati o‘rnatilgan tartibda shakllantiriladigan uskunalar va ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, yoqilg‘i-moylash materiallari, maxsus texnikalar va ularga ehtiyot qismlar hamda transport vositalari va ularga ehtiyot qismlar, texnologik osnastkalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar, priborlar va instrumentlar, texnik va loyiha hujjatlarini, shu qatorda “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida – bojxona to‘lovlaridan (bojxona majburiy to‘lovlaridan tashqari);
    4. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajarilgan (ko‘rsatilgan) ishlar (xizmatlar) bo‘yicha buyurtmachini, shuningdek bosh pudratchi tashkilotning O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan sotilgan tovarlar, ishlar (xizmatlar)ni – qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
    5. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarni, olib kiriladigan tovarlar, materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik osnastkalar, priborlar, transport vositalari, ehtiyoj qismlar, instrumentlar, yoqilg‘i-moylash materiallarini O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash uchun yig‘imlar, davlat bojlari va to‘lovlarni to‘lashdan;
    6. O‘zbekiston Respublikasida tegishli akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari mavjud bo‘lmagan holda import qilinadigan materiallar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik osnastkalar, priborlar, ehtiyoj qismlar, instrumentlar, transport vositalarini majburiy sertifikatlash tartibidan;
    7. Loyihani amalga oshirish davrida buyurtmachiga ish va xizmat ko‘rsatadigan xorijiy kompaniyalar-norezidentlarning doimiy muassasa va manbalar orqali olingan daromadlari (shuningdek, loyihalar doirasida xorijiy banklar va moliya institutlarining daromadlari) yuridik shaxslarning foyda solig‘idan;
    8. Buyurtmachi va bosh pudratchi tomonidan jalb qilingan xorijiy xodimlarni jismoniy shaxslarning daromad solig‘idan.
    Buyurtmachi ishlab chiqarish sikli uchun olib kirilayotgan xomashyo va materiallar (shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: matel prokat, kimyoviy reagentlar va rangli metallar) uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinadi.

    Buyurtmachiga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha metall konstruksiyani O‘zbekiston Respublikasida birinchi atom elektr stansiyasi loyihalariga va neft va gaz, energetika sohalariga sotish uchun ruxsat beriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Steel Structure & Solutions” MChJning talabnomasiga binoan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga, zarurat bo‘lganda Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda, konsullik va boshqa yig‘imlarni undirmasdan ko‘p martalik kirish vizalarini berilishini ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyurtmachining talabnomasiga binoan belgilangan tartibda davlat bojini undirmasdan loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga ko‘p martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirishni, shuningdek, vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirishni ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi belgilangan tartibda buyurtmachining talabnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy ishchilarni jalb qilish uchun ruxsatnomalar berish (uzaytirish), shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berish (uzaytirish)ni ta’minlaydi.

    31.10.2019, 15:34   Izoh (0)   25833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjidlarda azonni ovoz kuchaytirgichda aytish to‘xtatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

    31.10.2019, 15:19

    Statistika qo‘mitasi dehqon bozorlaridagi mahsulotlar narx-navosi haqida ma’lumot berdi

    31.10.2019, 14:48

    Ahmadboy ishi bo‘yicha uchinchi sud ishi hukmi e’lon qilindi

    31.10.2019, 14:18

    Milliy gvardiya xodimi tomonidan qutqarilgan qiz aslida ko‘prikdan sakramoqchi bo‘lmagani aniqlandi

    31.10.2019, 13:32

    O‘zbekistonda 1-noyabrdan daraxtlar kesilishiga moratoriy joriy etiladi

    31.10.2019, 13:02

    Navoiydagi sex gaz o‘lchagichlarni o‘zgartirib, davlatga 400 mln so‘mdan ortiq zarar yetkazdi

    31.10.2019, 12:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.