AQShning Filadelfiya shahrida otishma chog‘i 15 joyidan yaralangan erkak o‘zi kasalxonaga kirib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fox News telekanaliga ko‘ra, otishma joyidan politsiyachilar 23 ta gilza topgan, biroq qurbonlarga duch kelmagan.
Shifokorlarning aytishicha, jabrdiyda og‘ir holatda, biroq omon qolish imkoniyati katta. Uning ism-sharifi oshkor etilmagan.
Rasmiylar voqea joyidagi kuzatuv kameralari yozuvini o‘rganishga kirishdi.
Izoh (0)