• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tortinchoq bola, ayollarni zo‘rlovchi, birinchi raqamli terrorchi. IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning hayot yo‘li

    IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy Amerika harbiylari tomonidan 27-oktabrga o‘tar kechasi Suriyada o‘tkazilgan maxsus operatsiya vaqtida “xudkush kamari”ni portlatib, 48 yoshida halok bo‘ldi. Eng ko‘p qidirilgan terrorchi tonnel ichida harbiylardan yashirinishga urinib, AQSh prezidenti Donald Trampning ta’riflashicha, “itdek o‘lim topdi, qo‘rqoqlarcha o‘ldi”. The New York Times gazetasi tortinchoq va yuvosh o‘smirdan o‘nlab mamlakatlarda o‘n minglab tarafdorlar to‘plashga muvaffaq bo‘lgan terrorchilik tashkiloti yetakchisiga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan al-Bag‘dodiyning hayot yo‘lini hikoya qildi. “Daryo” nashri, Meduza’ga tayanib, maqolani qisqacha qayta bayon qiladi.

    Ko‘proq Abu Bakr al-Bag‘dodiy nomi bilan tanilgan Ibrohim Avvad Ibrohim Ali al-Badriy 1971-yili Iroq markazidagi al-Jallam qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi qo‘y sotish bilan kun kechirgan konservativ musulmon edi. Oilada Ibrohimdan tashqari yana besh farzand voyaga yetgan. Qo‘shnilar bu oilani “oddiy”, qishloqning o‘zini esa o‘rtamiyona deya ta’riflaydi.

    IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy 2014-yili Iroqning Mosul shahrida joylashgan masjiddagi chiqishi vaqtida.

    IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy 2014-yili Iroqning Mosul shahrida joylashgan masjiddagi chiqishi vaqtida.
    Kadr: Reuters

    Lekin bir muhim jihat bor edi: bu joylarda asosan al-Badriy urug‘i vakillari yashar, ular o‘z kelib chiqishini qurayshiylarga bog‘lardi — Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar ham shu qabilaning Bani Hoshim urug‘idan bo‘lgan. IShID yetakchisi 2014 yili jahon xalifaligi tashkil etilganini e’lon qilganida xuddi shu jihatga urg‘u bergan, bundan faol foydalangan.

    IShIDning bo‘lajak yetakchisi masjidda dars berib, sport maydonchasida vahhobiylikni targ‘ib qilgan

    Ibrohim boshlang‘ich maktabga qatnay boshlaganida uning oilasi qo‘shni Samarra shahrida yashardi. The New York Times’ning yozishicha, u o‘rtamiyona o‘quvchi bo‘lgan: yuqori sinflarda faqat san’atdan a’lo baho olgan (100 dan 95 ball), algebra kabi qolgan fanlardan esa bilimi taxminan 50 ballga baholangan. Do‘stlari, sinfdoshlari, o‘qituvchilari va qo‘shnilarining aytishicha, al-Bag‘dodiy bolaligida “tortinchoq”, “odamovi” va “yuvosh” bo‘lgan (jurnalistlar al-Bag‘dodiyni tanigan va bilgan jami 17 kishi bilan suhbatlashgan).

    Al-Bag‘dodiy bolaligida otasi uni masjidga bergan va u Qur’onni yod olishga kirishgan. Bu borada u ancha ilg‘or chiqqan: yuqori sinflarda o‘qiyotganida masjidga tashrif buyuruvchilar imom o‘rniga al-Bag‘dodiy duo o‘qishini so‘rashardi. Ayni vaqtda uning e’tiqod masalasiga konservativ yondashuvi ham ko‘zga tashlana boshlagan: xususan, u boshqa o‘quvchilarga dakki berar va hatto bir safar masjidda chekmoqchi bo‘lgan o‘z o‘qituvchisiga ham tanbeh bergandi.

    1991-yili, 20 yoshida u Bag‘dod universitetiga o‘qishga kirgan, bakalavr diplomini olgach islom tadqiqotiga ixtisoslashgan Saddam universitetida tahsilni davom ettirgan. O‘qish pulini to‘lash uchun u Bag‘doddagi masjidda dars bergan, bu yerda o‘quvchilari uni “shayx Ibrohim” deb chaqirgan. O‘sha vaqtda u bilan muloqotda bo‘lgan insonlar uni kamgap va og‘ir-vazmin odam deb ta’riflaydi. 2000-yillar boshida masjidda tahsil olgan Ahmad Rajabning so‘zlariga ko‘ra, al-Bag‘dodiy g‘iybatdan yiroq, ko‘p gapirmaydigan odam edi. IShIDning bo‘lajak yetakchisi dam olish kunlari o‘smirlar futbol jamoasiga murabbiylik qilib, ashaddiy qadimchi oqim — vahhobiylikni targ‘ib qiluvchi broshyuralarni sportchilarga tarqatardi.

    Al-Bag‘dodiy 2004-yili qo‘lga olingan, u qamoqda maxfiy “amir”ga aylanib, oradan 11 oy o‘tib ozodlikka chiqqan

    2003-yili, AQSh Iroqqa bostirib kirgach, al-Bag‘dodiy o‘quvchilariga uyga qaytib ketishini aytgan. 2004-yili amerikalik harbiylar uni Iroqning Faluja shahri yaqinida, qarindoshining uyida (The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, do‘stining uyida) qo‘lga olgan. Harbiylarning asosiy nishonida al-Bag‘dodiyning amerikaliklarga hujum qilishda gumonlanayotgan qarindoshi bo‘lgan. Al-Bag‘dodiy esa shunchaki hodisa joyida boshqa gumonlanuvchilar bilan birga qo‘lga olingan. U keyingi 11 oyni Amerikaning Iroqdagi Kemp-Bukka lagerida o‘tkazgan, shundan so‘ng, The New York Times’ning Pentagon qaydnomalariga asoslanib yozishicha, qo‘yib yuborilgan.

    Ayrim ekspertlarning fikricha, al-Bag‘dodiyning qarashlari aynan hibsdalik vaqtida radikallashgan, biroq, u bilan birga qamoqda bo‘lgan odamlarning aytishicha, u Kemp-Bukka begunoh inson sifatida emas, balki aynan jinoyatga qo‘l urganidan so‘ng olib kelingan. Avvalroq The New York Times’ning Pentagondagi manbasi al-Bag‘dodiy qo‘lga olingan vaqtida “ko‘cha bezorisi” bo‘lganini aytgan edi. Sobiq mahbuslardan birining so‘zlariga ko‘ra, u vaqtlarda al-Bag‘dodiyni “Abu Duo” deb chaqirishgan. Mahbusning qo‘shimcha qilishicha, mahbuslar yotgan har bir chodirda maxfiy “amirlar” saylangan — Abu Duo esa shunday amirlarning biri bo‘lgan. U boshqa sunniylar ko‘magida avvaliga o‘z chodiridan shialarni haydab solgan, so‘ng tamaki chekkan, namozni vaqtida o‘qimagan yoki soqoli kalta mazhabdoshlariga tahdid qilishni boshlagan. Bundan tashqari, u lagerda mahkumlar o‘rtasidagi bahsli vaziyatlarda qozilik ham qilgan. 2004-yil oxirida u ozodlikka chiqqan, boisi AQSh rasmiylari amerikalik amaldorlarga uyushtirilgan hujumlarga uning aloqasi borligini isbotlay olmagan.

    Ozod etilganidan bir yil o‘tib, al-Bag‘dodiy sunniylarning turli qurolli guruhlarini o‘zida birlashtirgan “Iroq mujohidlari maslahat majlisi”ga qo‘shilgan va Iroq markazidagi isyonchilarning yetakchisiga aylangan. 2010-yil may oyida esa u Abu Bakr al-Bag‘dodiy nomi bilan isyonchilik harakatiga bosh bo‘lgan. Keyingi uch yil davomida Iroq hukumat kuchlari uni qo‘lga tushirish uchun kamida olti marta uringan, biroq al-Bag‘dodiy har safar qutulib qolishga muvaffaq bo‘lgan.

    Al-Bag‘dodiyga bo‘ysunuvchi terrorchilar 2012-yil o‘rtalarida Suriyaga ham ko‘chib o‘tgan. 2013-yil o‘rtalariga kelib Iroqdagi isyonkor guruhlar “Islom davlati” terrorchilik tashkilotiga birlashgan, oradan bir yil o‘tib, 2014-yil iyun oyida terrorchilar Iroqning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahri — Mosulni, shuningdek, mamlakatning Suriya bilan chegaradosh katta qismini bosib olgan.

    IShID yetakchisi jahondagi eng ko‘p qidirilayotgan jinoyatchi edi, uning boshi uchun 25 million dollar va’da qilingandi

    Vaqt o‘tishi bilan al-Bag‘dodiy ancha ehtiyotkor, badgumon bir insonga aylana bordi va xavfsizlik haqida ko‘proq qayg‘ura boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘n yilcha avval boshqa isyonchilar bilan aloqani shaxsan o‘zi yuborgan choparlar orqali ta’minlashni ma’qul ko‘rib, telefondan foydalanishni to‘xtatgan. IShID yetakchisining yuzi yashirilmagan ilk videosi 2014-yil iyulida paydo bo‘lgan. Videoda al-Bag‘dodiy Mosuldagi masjid minbariga chiqib, xalifalik o‘rnatilganini e’lon qilgan. U o‘zini xalifa deb, ya’ni butunjahon musulmonlar davlati va ummasi rahbari deb ovoza qilgan. IShID tarafdorlarining fikricha, xalifalikning o‘rnatilishi butun dunyo musulmonlarining xalifaga bo‘ysunishini ham ko‘zda tutmog‘i lozim edi.

    IShID yetakchisi jahondagi eng ko‘p qidirilayotgan shaxs edi: uning joylashuvi haqidagi ma’lumot uchun 25 million dollar miqdorida mukofot puli va’da qilingan, jahonning ko‘plab mamlakatlari maxsus xizmatlari uning izini olishga urinib kelayotgan edi. Shunga qaramay, u IShIDning jinoiy faoliyatini nafaqat boshqarishda, balki bu harakatlarda faol qatnashishda ham davom etdi.

    Xususan, The New York Times’ning yozishicha, al-Bag‘dodiy g‘ayridin hisoblangan ayollarni zo‘rlashlarda qatnashgan. Xalifalik e’lon qilinganidan bir necha hafta o‘tib, IShID jangarilari yazidlar qishlog‘ida ayollar va qizlarni o‘g‘irlab kelib, Suriyaning Raqqa shahrida sotuvga qo‘ygan. Mahbuslarni ko‘rish uchun eng birinchi bo‘lib al-Bag‘dodiy kelgan edi, deya xotirlaydi 15 yashar bir yazidiy qiz. So‘ng uni va al-Bag‘dodiy tanlagan boshqa ayollarni u uydan bu uyga tashishgan, IShID yetakchisi esa ularni birma-bir zo‘rlab chiqqan. Asir tushgan ayollarning bari al-Bag‘dodiy o‘zining zo‘ravonlik xatti-harakatlaridan lazzat olganini aytgan.

    2014-yil avgustida, 15 yashar qizni al-Bag‘dodiyning oldiga olib borishganida, u o‘zining zo‘rlanishini kutgan. Buning o‘rniga esa terrorchilar hukmdori qiz va boshqa asiralarga jangarilar amerikalik jurnalist Jeyms Folini qanday o‘ldirgani aks etgan videoni qo‘yib bergan. “U bizga: ‘Biz bu erkakni bugun o‘ldirdik’, dedi. U bizning lol qotib qolgan holatimiz ustidan kuldi”, — deydi qiz.

    Xalifalik e’lon qilinganidan so‘ng, IShID Suriya va Iroqda ancha katta hududlarni bosib oldi. Faoliyatining cho‘qqisiga chiqqan davrda terrorchilar maydoni Buyuk Britaniyaga teng hududni nazorat qilib turgandi, biroq 2019-yil martiga kelib harbiylar terrorchilardan ular egallab olgan barcha yerlarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘ldi. 2014—2015-yillar davomida IShID tarafdorlari jahonning 29 mamlakatida, jumladan, AQSh va Yevropada 140 dan ortiq teraktlarni amalga oshirdi. Hujumlar vaqtida 2 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. 2016—2019-yillar davomida esa IShID, taxminlarga ko‘ra, 1100 ga yaqin terakt uyushtirdi, ushbu hujumlar oqibatida AQSh, Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Afrika, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlarida 15 ming kishi qurbon bo‘ldi.

    So‘nggi yillarda al-Bag‘dodiy xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirdi: eng ishongan odamlari bilan uchrashuvlarga ham mehmonlarni ko‘zlari bog‘liq holda olib kelishar, ular al-Bag‘dodiy binoni tark etganidan keyin yana bir necha soat tashqariga chiqa olmay o‘tirardi. Iroq Qurolli Kuchlari birlashgan qo‘mondonligi rasmiy vakili Yahyo Rasulning fikricha, al-Bag‘dodiy xiyonatdan qo‘rqqani uchun ham hech kimga ishonmagan. AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi yo‘q qilinganini e’lon qilgach, Reuters agentligi al-Bag‘dodiy jangarilar bilan uchrashgan joylar haqidagi axborot uning yaqin hammaslaklaridan biri Ismoil al-Etaviy tomonidan taqdim etilgani haqida xabar berdi. The New York Times’ning qayd etishicha, 2019-yil yozida al-Bag‘dodiyning xotinlaridan biri qo‘lga olinib, so‘roq qilingani ham uning qayerdaligini topishga yordam bergan.

    Mavzuga doir: IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy qanday yo‘q qilindi?

    Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilgani haqida OAVda bundan avval ham bir necha bor xabarlar tarqalgan, biroq ularning hech biri tasdiqlangan emas. Masalan, Rossiya Mudofaa vazirligi hozir ham AQSh harbiylari IShID yetakchisining o‘limiga sabab bo‘lgan maxsus operatsiyani o‘tkazganiga shubha qilmoqda. IShIDning o‘zi ham yetakchisining halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni tasdiqlaganicha yo‘q.

    28.10.2019, 23:01   Izoh (0)   174323
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dog‘istonning sobiq bosh vaziri 627 ming dollar mablag‘ni talon-toroj qilgani uchun 6,5 yilga qamaldi

    28.10.2019, 22:54

    Yaponiyada politsiyachilarga hujum qilgan 3 nafar AQSh dengiz piyodasi qo‘lga olindi

    28.10.2019, 20:42

    Donald Tramp Al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya videosi e'lon qilinishi mumkinligini bildirdi

    28.10.2019, 20:12

    “Men qaytaman”: Xakerlar Gruziya prezidenti saytiga Saakashvilining fotosini joylashtirdi

    28.10.2019, 19:11

    Yamanda bir oy ichida ikkinchi marta neft quvuriga hujum uyushtirildi

    28.10.2019, 18:40

    Al-Bag‘dodiy murdasining qoldiqlari Iroqdagi harbiy bazaga olib kelindi

    28.10.2019, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Netanyaxu hokimiyatda abadiy qolish uchun Eronga qarshi urishmoqda” — Bill Klinton

    Dunyo | 20 iyun, 15:55

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    Reklama | 20 iyun, 15:00

    Netanyaxu: “Eron rejimining qulashi maqsad emas, balki natija bo‘lishi mumkin”

    Dunyo | 20 iyun, 15:45

    Hisorak suv omboridan Qarshigacha ichimlik suvi tarmog‘i tortiladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 15:31

    Jonni Depp Jek Chittak qiyofasida bolalar shifoxonasiga tashrif buyurdi

    Layfstayl | 20 iyun, 15:15

    Lionel Messi Ronaldu haqida: “Biz do‘st emasmiz, ammo doim bir-birimizni hurmat qilamiz”

    Sport | 20 iyun, 15:10

    Buyuk Britaniya va Xitoyda 10 nafar ayolni zo‘rlagan xitoylik talabaga umrbod qamoq jazosi tayinlandi

    Dunyo | 20 iyun, 15:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.