Barselonada Kataloniya mustaqilligi tarafdorlarining yangi norozilik namoyishlari boshlandi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
26-oktabr kungi namoyishlar ham Kataloniyaning 12 nafar siyosatchisini mustaqillik haqidagi referendum o‘tkazilishiga aloqadorlik uchun turli muddatlarga hukm qilgan Ispaniya oliy sudi qaroriga qarshi o‘tkazildi.
Barselona ko‘chalariga 350 mingdan ortiq kishi chiqqani aytilmoqda. Ularning ko‘pchiligi Milliy politsiya binosi oldida to‘plangan. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz berdi.
Izoh (0)