• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Trampning Putinga sovg‘asi. Rossiya Yaqin Sharqda hukmronligini o‘rnatadimi? Jahon matbuoti sharhi

    “Daryo” o‘tayotgan haftada dunyo matbuotida keng yoritilgan, ko‘pchilikning qiziqishiga sabab bo‘lgan maqolalar sharhiga to‘xtalib o‘tadi.

    Tramp Putinga nima sovg‘a qildi?

    Ko‘p yillar mobaynida olimlar xalqaro munosabatlarda nima muhim – davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar nisbatimi yoki ayrim rahbarlarning qaror va g‘oyalarimi – degan mavzuda bahslashib keladi. Aftidan, Tramp bu boradagi bahslarga chek qo‘yadigan ko‘rinadi, deb yozadi The Foreign Affairs nashri.

    Foto: Forbes

    Foto: Forbes

    Ayni vaqtda prezident Tramp AQSh tashqi siyosatining barcha masalalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. Tramp tashqi siyosatni rasmiy maqomdan mahrum qilib, butunlay o‘z manfaatlariga bo‘ysundirib oldi. Natijada Ukraina va Suriya masalasida qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘ydi. Bu esa Amerika jamoatchiligiga zarar keltirdi, ittifoqchilar mag‘lub bo‘ldi va raqiblar g‘alaba qozondi. Putin esa yutuqqa erishdi.

    To‘g‘ri faoliyat muhim

    Uch yil avval AQSh eng kuchli davlat edi. Tramp prezident bo‘lgach, chekinish siyosatini yurita boshladi. U o‘z g‘oya va maqsadlarini izchillik bilan amalga oshirmoqda. Oq uyni egallagach, o‘n ikki davlat a’zo bo‘lgan Tinch okeani hamkorlik tashkilotidan chiqib ketdi. Keyinroq Eron bilan tuzilgan yadro bitimidan, Parij iqlim paktidan va Rossiya bilan imzolangan yaqin va o‘rta masofaga uchadigan raketalarni tugatish bitimidan chiqdi.

    Tramp prezidentligining ilk davrlarida hukumatdagi milliy xavfsizlik rahbarlari, Kongress, mustaqil OAV, ishbilarmon doiralar va nohukumat tashkilotlar tashqi siyosatga ta’sir ko‘rsatib turdi. Prezidentlikka nomzodlik vaqtida Rossiyaga qarshi iqtisodiy jazo choralarini bekor qilish, Qrim anneksiyasini tan olish haqida gapirgan bo‘lsa, amalda rasmiy Kremlga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi, Qrim anneksiyasini tan olmadi, NATOni qo‘llashni kuchaytirdi va hattoki Obamadan ham oshib tushgan holda Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berdi. AQSh hukumati Kreml siyosatini tanqid qilishdan to‘xtadi. Bundan nariga o‘ta olmadi. Putinparast kuchlar Trampning zaifligi, AQShda davlat ichida davlat mavjudligi borasida gapira boshlashdi. Tramp to‘g‘ri yo‘l tutmoqchi edi, deyishdi ular, ammo konservativ elita, Davlat departamenti, Mudofaa vazirligi, MRB buyurokratlari unga to‘sqinlik qildi.

    Putinning o‘zi esa Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilashga AQShning ichki siyosati asosiy to‘siq deb ham aytib o‘tdi. Putin nazarida Tramp atrofidagi byurokratik kuchlar Trampning Putinga nisbatan simpatiyasini jilovlashiga majbur qildi.

    Byurokratiyaning yemirilishi

    O‘tgan yildan boshlab Tramp milliy xavfsizlik borasidagi tartiblarni buza boshladi. U milliy xavfsizlik yig‘ilishlarida kamroq qatnashar, professional siyosatshunoslarni chetga surib, shaxsiy fikriga tayangan holda harakat qilar edi. Trampning Zelenskiy bilan suhbati Oq uydagi vaziyat qay darajada izdan chiqqanining misolidir.

    Oktabr oyida Turkiyaning Suriyaga bostirib kirish rejasini tasdiqlagani Trampning yana bir marta hech kim bilan maslahatlashmay qilgan qaroriga yaxshigina misol bo‘ladi.

    Suriyadan amerikalik harbiylarni olib chiqish rejasi ham Tramp tomonidan qabul qilingan shaxsiy qarordir. Bunday qarorlar AQShning dunyodagi nufuziga salbiy ta’sir qilmoqda va amerikaliklar zarariga ishlamoqda.

    Yetkazilgan zarar

    Tramp qarorlarini o‘zi qabul qilishi Kremlning foydasiga ishlaydi. Amerikalik soliq to‘lovchilarning puli evaziga shaxsiy qarorlarini xalqaro munosabatlarda ishlatishi AQShning erkin dunyo yetakchisi degan nomiga putur yetkazadi.

    Suriya borasidagi bir tomonlama qabul qilingan qaror ham Putinga qo‘l kelib qoldi. O‘z himoyachisidan ayrilib qolgan kurdlar Bashar Asad va Putinga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. AQShning Suriyadan ketishi esa uning azaliy raqiblari bo‘lmish Eronga “Hizbulloh” jangari guruhiga, Bashar Asadga, IShIDga yordam berdi. AQSh esa ishonchsiz ittifoqchi degan nomga ega bo‘ldi. Rasmiy Kremlning mintaqadagi nufuzi mustahkamlandi. Nafaqat kurdlar, balki saudiyaliklar, isroilliklar va turklar ham kelajakda Moskvani ishonchli himoya sifatida ko‘ra boshlasa ajablanmaslik kerak. Putin uchun bundan ortiq sovg‘ani yana kim beradi.

    Yaqin Sharq: Isroil va Falstin o‘rtasidagi tinchlik Tramp davrida amalga oshadimi?

    Donald Tramp Suriya shimolidan qo‘shinlarni olib chiqib ketar ekan, Eronni cheklab turish va Isroil xavfsizligidan boshqa manfaatlarni tan olmasligini ko‘rsatdi, deb yozadi The Project Syndicate nashri.

    Avvalo, Tramp Saudiya Arabistoniga Eronni tiyib turish uchun qo‘shimcha kuch yubordi. Eron esa mintaqadagi eng ashaddiy raqib.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Ikkinchidan, Tramp Isroil va Falastinni yarashtirish borasida bir necha marta ta’kidlagan edi. U kuyovi Jared Kushnerga Isroil va Falastin o‘rtasidagi ziddiyatni tinch yo‘l bilan hal qilish borasida puxta o‘ylangan reja ishlab chiqarishni topshirdi. Bu esa Trampga 2020-yilgi saylovda qo‘l kelishi mumkin. Tramp maqsadga erishmoqchi bo‘lsa, yangi hukumat o‘z ishini boshlashi hamono zudlik bilan masalani hal qilishi kerak.

    Aynan shu jihat Isroil va Falastin o‘rtasidagi munosabatlarda rasmiy Vashingtonning yangi yondashuvi bo‘ldi desa bo‘ladi. Nega? Avvallari AQSh Isroil va Falastinni sulh tuzishga undab kelardi. Isroil va Falastin mustaqil holda tinchlik bitimiga kela olmaydi. Sababi, qarib qolgan va korrupsiya mashmashalariga botib, obro‘sizlanib qolgan Falastin hukumati u yoki bu masalada o‘z xalqiga zid borib, yon berish siyosatini olib bormaydi. Isroil esa nihoyat darajada o‘zini tiklab oldiki, birorta hukumat Knessetga tinchlik sulhi tuzilishini taklif qila olmaydi. Nazariy jihatdan biror-bir hakam bunday vaziyatda naf keltira olishi mumkin. Kushnerning Isroil bilan qalin aloqalari paradoks bo‘lsa-da, ikki tomonni yaqinlashtirishdagi aktiv bo‘lishi mumkin.

    Tarixdan ma’lumkin, kim geosiyosiy to‘qnashuvda g‘alaba qozonsa, ixtiyoriy ravishda o‘z yutuqlaridan voz kechmaydi. Isroil – Falastin mojarosining birorta ham varianti bu kuchlar tengsizligini hal qila olmaydi. Yevropa Ittifoqi Isroil – Falastin masalasida yakdil emas, arab davlatlari esa allaqachon Isroil ittifoqchisiga aylanib ulgurgan.

    Demak, masalani hal qilish Isroilning o‘z qo‘lida. Masala esa quyidagicha: Isroil jamoatchiligini poytaxtdan 15 kilometr narida dushman davlat tuzilishiga ko‘ndirish kerak. Shu bois bo‘lsa kerak, Tramp AQSh elchixonasini Quddusga ko‘chirdi, Jo‘lan tepaliklari anneksiyasini tan oldi hamda isroilliklar ishonchiga kirdi. Tramp hozirda yahudiylar orasida Binyamin Netanyaxudanda ko‘ra obro‘liroq.

    Kushnerning 50 sahifadan iborat rejasi esa tayyor. Unga muvofiq, falastinliklarga mustaqil davlat tuzish emas, ko‘proq muxtoriyat berish va Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘idagi Isroil manzilgohlarini saqlab qolish ko‘zda tutilgan.

    Falastinliklar bunga rozi bo‘ladimi?

    Iyun oyida Tramp ma’muriyati Iordan daryosining o‘ng qirg‘og‘i va G‘azoga o‘n yil mobaynida 50 milliard dollar yordam ajratish tashabbusi bilan chiqdi. Bu yordam og‘ir ahvolda yashayotgan odamlarni o‘ziga maftun qilishi mumkin. Isroil esa manzilgohlar qurish orqali ekspansiyasini faol davom ettirmoqda.

    Shunday ekan, falastinliklar oldida ikki tanlovdan biri – yo to‘liq bo‘lmagan bitimga kelishish, yo ahvolning tobora yomonlashuvini tanlash imkoniyati turibdi. Harholda Kushner rejasi falastinliklar uchun qulay ekaniga ishonchi komil.

    Ammo ikki tomon uchun ham AQSh bosimiga e’tibor bermaslik yaxshiroq edi. Falastinliklar Isroil zo‘ravonligi o‘rnatilayotganidan cho‘chiyotgan bo‘lsa, Isroil Tramp dimplomatiyasi mukofot talab qilishidan xavotirda.

    Isroil uchun status-kvoni saqlash muhimroq. Shuningdek, harbiy ustunligiga tayanishi mumkin.

    Bir narsa aniq. 2020-yilgi prezidentlik saylovida kim g‘alaba qilishidan qat’i nazar, Isroil va Falastin Tramp davrida tinchlik bitimi tuza olmaydi. Ammo Tramp bitimning yangi variantini taklif qilib, yangi modelni ilgari surmoqda.

    Rossiya Yaqin Sharq mintaqasining yangi egasimi?

    Haaretz nashri Putin Yaqin Sharqning yangi sohibi bo‘lib olgani haqida maqola chop etdi. Yaqin orada balki Isroil harbiy yordam so‘rab faqat ruslargagina murojaat qiladigan bo‘lar. Rossiyaning ham bu hududda o‘z iqtisodiy manfaatlari bor. Isroilliklar yangi sohibga qanday moslasha oladi?

    Bundan 13 yil muqaddam Mixail Guseriyev asos solgan “Rusneft” kompaniyasi Isroilning Ashdod shahridagi neftni qayta ishlash zavodini sotib olmoqchi ekanini aytib, shovshuv keltirib chiqardi. Isroil maxsus xizmati “Shin-Bet” “Rusneft” xo‘jayinlari va kompaniya strukturasini tekshirib chiqib, bu ishga veto qo‘ygandi. Bir yil o‘tib, Guseriyev hukumat kompaniyani Putinning sherigi Deripaskaga sotishga undaganini ochiqlagan edi. Guseriyev Londonga qochib ketgan va kompaniya milliylashtirilgan edi.

    Oradan to‘rt yil o‘tib, Isroil shelfida boy tabiiy gaz zaxiralari koni mavjudligi aniqlandi. Rossiya Isroil sabab Yevropadagi tabiiy gaz bozorini boy berishdan qo‘rqib, “Gazprom” vakillarini Isroilga jo‘natdi. Rasmiy xabarda suyultirilgan gaz sotib olish masalasi muhokamasi safardan ko‘zlangan maqsad bo‘lgani aytilgan bo‘lsa-da, yopiq eshiklar ortida gaz qazib olish ishlari muhokama qilingandi. O‘sha kezlar rus tomoni yana bir bor rad javobini olgan va yuqori martabali Isroil amaldori “biz rus korrupsiyasini import qilishga qarshimiz” deb bayonot bergandi.

    Yaqin Sharqdagi so‘nggi voqealar – AQSh kurdlarni tashlab ketishi, bo‘sh qolgan hududlarga rus harbiylarining kirib kelishi, Trampning “Birinchi galda Amerika” siyosati “Isroil yana bir marta Rossiya manfaatlariga to‘sqinlik qilsa nima bo‘ladi?” savoli yuzaga kelishiga olib keldi. Rossiya Eron xavfiga qarshi turishda Isroil yordam so‘rab murojaat qiladigan davlat bo‘lib qolishi mumkin.

    O‘tgan hafta sodir bo‘lgan ikki voqea bu masalaga yana jiddiy e’tiborni qaratdi. Birinchi voqea – Tramp, amerikalik harbiylarni uyga qaytarish va’dasiga qaramay, 2 800 askarni Saudiya Arabistoniga yubordi. Tramp bu yurishni “saudiyaliklar bizga haq to‘lamoqda”, deb oqlab ham oldi. Ikkinchi voqea –  Putin ar-Riyodga safar qildi va valiahd shahzoda Salmon bilan uchrashdi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Erkin dunyo rahbari yollanma harbiylarga boshchilik qilar ekan, amerikaliklar buni jiddiy muammo deb o‘ylamaydi. Amerikaliklar uchun Trampning o‘zi katta muammo, lekin Yaqin Sharqdagi vaziyat amerikaliklarni sira ham tashvishlantirmaydi. Isroil borasida ham ular iliq tasavvurda emas. AQShning beg‘araz yordami kunlari hisobi sanoqli qolgan, kelajakda Isroil amerikalik harbiylar uchun pul to‘lashi ham mumkin.

    Putin Yaqin Sharqda xo‘jayin. U mintaqada o‘z ta’sirini yoyishni istayotgan bo‘lsa-da, uning iqtisodiy manfaatlari ham yo‘q emas. Putin Rossiya manfaatlarini himoya qilish uchun dunyo neft-gaz sanoatini boshqarishda qatnashmoqchi, yadro reaktorlari va qurol-yarog‘ sotmoqchi. Shuning uchun ham Yaqin Sharq o‘yinchisiga aylanmoqda.

    Masala Putin Isroildan nimani istashida.

    Ajnabiylarning Isroil aktivlarini nazorat qilishi unchalik ham xavfli emas. Isroildagi eng yirik sutni qayta ishlovchi Xitoy kompaniyasi sigirlarni olib keta olmaganiday, ruslar ham Isroil gazini sotish orqali o‘z cho‘ntaklarini to‘ldira olmaydi.

    Xavf ular bu aktivlardan josuslik yoki jamiyat asosini va davlat boshqaruvini qo‘porishda foydalana olishidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, ruslar AQShdagi kabi Isroildagi saylovlarga ham aralashishi mumkin.

    Isroillik amaldorlar nazdida, ruslar butun dunyo bo‘ylab siyosiy qo‘poruvchilikni amalga oshirmoqda va bunga to‘la haqlimiz deb ishonmoqda. Ruslar ham Xitoy singari demokratik tizim ishlamasligini ko‘rsatmoqchi. Hokimiyat tepasiga Kremlga ishlaydigan oligarxlarni olib kelib, maqsadga erishishda iqtisodiy pishanglarni ishga solishni afzal bilmoqda.

    Shuningdek, ruslar Isroilning aqliy mulkini o‘g‘irlashi xavotiri ham yo‘q emas. Ruslar Isroil texnologiyalarining ustunligini tan oladi va Isroilda qudratli ilmiy tadqiqot salohiyatini ko‘radi.

    Nihoyat, Moskva to‘rt kuch o‘rtasidagi Suriya botqog‘iga botib qoldi. Bu esa Moskvaga bosh og‘rig‘idan boshqa narsa keltirmayapti. Eronga ruslar umuman kerak emas, saudiyaliklar ruslarga bo‘ysunavermaydi, turklar g‘azab otiga mingan. Mintaqada faqat Isroil qolmoqda.

    Isroil Rossiya va boshqa davlatlar tug‘dirayotgan xavfni qanday bartaraf qila oladi?

    1) Chet el investitsiyalarini nazorat qilib turadigan komissiya tuzish kerak. Amerika savdo urushlari olib borayotgani, Xitoy Isroilga faol pul tikayotgani, Rossiya esa geografik jihatdan yaqin turgani tufayli Isroil bu jarayonni tartibga solishi va korrupsiya kirib kelishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

    2) Xorijiy kompaniyalarning investitsiya kiritishi va tenderlarda ishtirok etishini cheklashi lozim;

    3) Isroil AQShning 4 milliardlik yordamidan voz kechishi, mudofaa sanoatini Vashington bilan tuzilgan bitimlardan xalos qilishga hamda amerikaliklar bilan dunyo bozorida raqobat qilishga tayyorlashi kerak.

    Shu ishlar amalga oshirilsagina Isroil hukumati vujudga kelayotgan xavflardan o‘zini saqlashi mumkin.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    26.10.2019, 09:10   Izoh (0)   92384
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iroqda norozilik ishtirokchilari viloyat hokimligi binosini yoqib yubordi

    26.10.2019, 07:46

    Isroillik sayyoh Italiyada valyuta almashish punktini ayol xodimi bilan garovga oldi

    26.10.2019, 03:32

    Buyuk Britaniyada 39 nafar xitoylik migrant halok bo‘lgan yuk mashinasi ishi doirasida ikki kishi hibsga olindi

    25.10.2019, 22:13

    Qirg‘izistonda Almazbek Atambayevga nisbatan qo‘llanilgan qamoq jazosi 26-dekabrgacha uzaytirildi

    25.10.2019, 21:24

    Erdo‘g‘on fransuz jurnalini haqorat va tuhmat uchun sudga berdi

    25.10.2019, 19:26

    Emomali Rahmon Tojikistondagi yollanma ishchilar va nolegal ishlayotganlar sonini aytdi

    25.10.2019, 17:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nechta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:50

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.