AQSh strategik yadro kuchlariga ega bo‘lgani uchun Rossiyaga hujum qilish rejasini ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda Xitoyning Sohu nashri chop etgan maqolada ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Izvestiya”.
“Agar mamlakat strategik yadro kuchlariga ega bo‘lsa, gegemon hisoblanadi. Shu sababli ularni yana ‘tinchlikni ta’minlash siri’ deb ham ataladi”, — deyiladi maqolada.
Maqola muallifiga ko‘ra, SSSR tarqalib ketgani va mudofaa budjeti bir necha karra kamayganiga qaramay, Vashington avvalgidek Rossiyadan xavfsiraydi.
“Rossiya strategik yadro kuchlari to‘liq jangovar tayyorgarlik holatida. Bu esa amerikaliklarni doim sergak turishga majbur qiladi”, — deya xulosa qiladi xitoylik jurnalist.
Izoh (0)